2. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix11.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Iqboljon-Hamkorbank

 


30 
Xulosa
Men 2023 yil 3-apreldan 5-maygacha Hamkorbank ATB Shaxrixon tumani filialida 
o`quv amaliyotimni o`tadim. Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, Hamkorbank ATB 
Shaxrixon tumani filialida o`zimning nazariy o`rgangan bilimlarimni amaliyotda 
qo`llashni o`rgangan holda, mazkur amaliyot ob’yekti bilim va tajribalarimni yanada 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Hamkorbank ATB Shaxrixon tumani filiali orqali yurtimizda bank sohasida 
bo`layotgan o`zgarishlar, yangiliklar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdim. 
Jismoniy shaxlardan pul o`tkazmalari tariflari qanday ekanligini va qaysi davlatdan 
qanday turdagi pul o`tkazmalari kelishi mumkinligini o`tagan amaliyotim davorida 
ham guvohi bo`ldim. Biz talabalarga shunday o`quv amaliyotlari juda asqotadi va biz 
uchun juda ham muhimdir. Chunki nazariy bilimalari bo`lsa-yu amaliyotda qo`llay 
bilmagan bitiruvchi hayotda o`z o`rnini topa olmaydi. Bank biz uchun tajriba ortirish 
maskani bo`lib xizmat qildi. 
Bugungi kunda jahon shiddat bilan rivojlanib bormoqda, yangi texnika va 
innovatsion texnologiyalar yartilmoqda. O`z navbatida ushbu yangiliklarni amaliyotga 
joriy etish va zamonaviy talablar asosida raqobardosh mahsulotlar ishlab chiqarish
xizmatlar ko`rsatish hamda faoliyat hajmini yanada kengaytirish maqsadida xo`jalik 
yurutuvchi subyektlarning tabiiy ravishda bank kreditlariga ehtiyoji yuqori bo`ladi. 
Bunda Hamkorbank ATB Shaxrixon tumani filialiga murojat qiladiganlat ko`pchilikni 
tashkil qiladi. Bugungi kunda nafaqat yuridik shaxslarning, balki jismoniy shaxslarning 
ham kreditlarga bo`lga ehtiyoji ortmoqda. Ba’zi sohalarga shu sohani rivojlantirish 
maqsadida imtiyozli kreditlar ham berilmoqda. 
Men o`quv amaliyotim davomida bank faoliyati to`g`risida ko`plab 
ma’lumotlarga ega bo`ldim. Bu o`tagan o`quv amaliyotim men uchun juda foydali 
bo`ldi. 


31 
Men taklif sifatida shuni aytishim mumkinki, Bank tizimida bir bo`limda 
ishlovchi barcha mutaxassislarga umumiy ko`nikmalar o`rgatilsa yaxshi natija beradi 
deb o`ylayman. Amaliyot davrida shunga amin bo`ldimki, ba’zi hodimlar ish 
boshlanganidan toki tugagunga qadar mijozlar xizmatida bo`ladi, ammo yonida boshqa 
turdagi ammo mazmunan yaqin yo`nalishda ishlovchi xodimga kun davomida 10-15 
mijozga xizmat ko`rsatish bilan kifoyalanadi, ammo ular bitta tizimda ishlashadi. 
Shunday ekan ularning ikkisi ham deyarli bir xil ish qilishadi. Shuni bank tizimiga 
tadbiq qilsa yaxshi ish bo`lardi.
Bank tizimida hali hamon ko`pgina hujjatlar elektronlashtirilmagan. Ko`p 
hollarda bank rahbarining ruxsati kerak bo`lsa xodimlar ruxsat olish uchun o`z ish 
o`rinlarini tashlab rahbar yoniga borishga majbur bo`lishadi. Banklarni to`liq 
elektronlashtirishni taklif sifatida kiritishim lozimdir. 
Qolaversa, bugungi kunda barchamizga ma’lumki, banklar tomonidan ajratilgan 
kreditlarni mijozlar tomonidan o`z vaqtida va belgilangan miqdorda to`lab borish 
darajasi qoniqarli darajada emas. Shu sabab kreditlarni undirish uchun bank xodimlari 
mijozlar bilan bog`lana olmay ularning shaxsiy uylariga borib chiqishlariga to`g`ri 
kelmoqda va bu bank xodimlariga qo`shimcha muammo tug`diroqda. Shu sababdan 
mijozlarga kreditlar ajratish sohasini yanada isloh qilish va bunda mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etishga ehtiyoz sezimoqda. Shu sababdan kreditlar ajratish 
mexanizmini yanada chuqurroq ko`rib chiqish va isloh qilish lozimligini ta’kidlab 
o`tish joiz. 


32 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin