2. O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank Shaxrixon tumani filiali faoliyatini reglamentlovchi me’yoriy- huquqiy hujjatlar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix11.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#126720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iqboljon-Hamkorbank

 
 
 
 
 



1. 
O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Hamkorbank haqida 
ma’lumot 
O`zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Hamkorbanki
O`zbekistonning zamonaviy banklaridan biri deb atalishi mubolag`asiz emas. Bank 
tarixi 1991 yilda, birinchi Andijon “Aksionerlik” banki ochilgan paytda boshlandi. 
Ushbu bank 2000-yilda Bank kengashi qarori bilan Hamkorbank ATBga aylantirilgan. 
So`nggi yillarda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar va davlatning 
qo`llab-quvvatlashi boisi Hamkorbank jadal rivojlanib, salohiyati oshib bormoqda. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida Hamkorbank turli moliyaviy va mablag`-kredit 
islohotlar davrida, mamlakatimizning moliyaviy agenti rolini o`ynadi, davlat 
iqtisodiyotida har doim o`z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
2
O`zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan so`ng, Hamkorbank mamlakatning 
og`ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o`ynadi. Bizning 
iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. 
Hamkorbank oldida turgan asosiy vazifalardan biri o`z salohiyatini barqarorlashtirish 
hamda xalqning bankga bo`lgan ishonch pog`onasini oshirish bo`ldi, bundan tashqari 
mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo`yicha uzluksiz 
ishlar olib bordi. 
Hozirgi kunda Hamkorbank mustaqil O`zbekiston bank tizimining ajralmas 
qismi hisoblanadi. 46 ta viloyat, tuman va shahar filiallari, 103 ta mini-banklar, 
shuningdek 1000 dan ortiq jamg`arma va maxsus kassalar mamlakatimizdagi oddiy 
fuqarolariga, tadbirkorlariga hamda kichik biznes sub’ektlariga doimo turli bank 
xizmatlarini taqdim etib bormoqda. Hamkorbank jamoasi muntazam ravishda 
o`zlaridagi maqsad va vazifalar ro`yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat 
ko`rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari 
2
www.hamkorbank.uz 



ko`rsatishda liderlaridan biri o`rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari 
Hamkorbank 
investitsiya 
va 
ilg`or 
boshqarishni 
hamda 
kommunikatsiya 
texnologiyalarini qo`llanilishini yanada jozibador bo`lishini istaydi. 
Hamkorbank xodimlari doimo o`zlariga yangi g`oyalar va yangi strategik 
maqsadlarni belgilaydilar. Hozirgi paytda ular mijozlarga xizmatni sifat jihatidan yangi 
bosqichga o`tishini, respublikada eng yirik bank raqobat o`rniga erishishini, boshqaruv 
va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish orqali moliyaviy xizmatlar 
bozorining ko`rsatkichlari bir qator investitsiya jozibadorligini va yetakchi o`rinlarda 
kirishishini ta’minlanishiga harakat qilmoqdalar. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin