Alisher, xizmatchi, singil, sershovqin, qiz- cha, dengiz, Rashida, Barchin. Harflar birikmasi ishtirok etgan bo‘g‘inlar tagiga chizing. 120-mashq. O‘qing. Dilshod va Jamshid — aka-uka. Ular birgalikda gul o‘tqazishdi. Dilshod suv tashidi. Jamshid gullar tagini yumshatdi. Gullar o‘sa boshladi. Bolalar juda sevinishdi. Harflar birikmasi bilan yozilgan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun boTib, chiziqcha bilan ajratib yozing. Tutuq belgisi bo‘lgan so‘zlar bo‘g‘inlarga qanday bo‘linadi? 121-mashq.She’rni o‘qing. Yoddan yozishga tayyorlaning. Me’mor bo‘lsam ulg‘ayib, Ko‘p saroylar quraman. ...Derazadan jim boqib, Shunday xayol suraman. Vali Ahmadjon Yoddan yozing. Tutuq belgili so‘zni bo‘g‘inga boling. 122-mashq. Bo‘g‘in ko‘chirish haqida gapiribberishga tayyorlaning. Bu haqda darslikdan o‘qing. So‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘lib, chiziqcha bilan yozing. Ravshan, Mohichehra, ko‘ngil, chumchuq, qoshiq, ishchan, hasharot, pishiq. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________ 2-sinf Fan: Ona tili Sana: __________________ Sinf: _________________________ 49-dars
Mavzu:SO‘Z ICHIDA YONMA-YON KELGAN BIR XIL UNDOSHLARNING TALAFFUZI BA IMLOSI (123-126-mashqlar) Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.