Uy hayvonlari: sigir, ... . Yovvoyi hayvonlar: yo'lbars, ... . 159-mashq. Buzoq, bo‘taloq, toychoq, qo‘zichoq qaysi uy hayvonlarining bolasi? Hayvonlar nomini ularning bolalari nomi bilan yonma-yon yozmg. Namuna: sigir — buzoq, ... . 160-mashq. Non dasturxonimizga kelguncha juda ko‘p mehnat sarflanadi. Quyidagi boshqotirmadan shu «yo‘l»ni topasiz.
Ushbu «yo‘l»dagi kishilar mehnatini ham izohlab bering. Bu so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? Ularni daftaringizga yozing. Nonni uvol qilmang! 161-mashq. She’rni o‘qing. Tegirmonning parragiday, Chir aylandi yillar, oylar. Qurdik yaxshi orzu bilan, Dang‘illama qo‘sh saroylar. Tursunboy Adashboyev Yozing. Nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlab, tagiga chizing. Chir aylandi yillar, oylar deganda nimani tushunasiz? IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
2-sinf Fan: Ona tili Sana: __________________ Sinf: _________________________ 63-dars Nazorat ishi-7.Test sinovi Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.