2-sinf Fan : Ona tili Sana: Sinf


Xalqimiz azal-azaldan san’atning barcha tur- larini qadrlab kelgan. Ayniqsa, mumtoz musiqa va qo‘shiqlarimiz, raqs san’atimizga alohida mehr qo‘ygan



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə189/383
tarix09.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#128501
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   383
2-sinf-Ona-tili-Yangi-darslik-asosida-2019-2020 (2)

Xalqimiz azal-azaldan san’atning barcha tur- larini qadrlab kelgan. Ayniqsa, mumtoz musiqa va qo‘shiqlarimiz, raqs san’atimizga alohida mehr qo‘ygan.
Yunus Rajabiy, Halima Nosirova, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Turg‘un Alimatov, Mukarrama Turg‘unboyeva, Tamaraxonim kabi ko‘plab san’atkorlarimizni e’zozlaganlar. O‘zbek san’atkorlari nafaqat yurtimiz, balki dunyo xalqlari hurmatiga ham sazovor bo‘lganlar.
San’atkorlarning ismi va familiyasini yozib oling.
Bosh harflarning tagiga chizing.
Kishilarning ismi va familiyasi bosh harf bilan boshlab yoziladi.
173-mashq. Gaplarni o‘qing.
Qurolli kuchlarimiz jonajon O‘zbekistonimiz- ning qo‘riqchilaridir. Ular xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlaydilar. Akalarim Elshod va Durbek harbiy xizmatdalar.
Yozing. Qurolli kuchlarimiz haqida nimalarni bilasiz? So‘zlab bering.
Yozganingizni tekshiring. Qaysi so‘zlar bosh harf bilan boshlangan?
Shu so‘zlarning yozilishiga e’tibor bering.
174-mashq. So‘zlarni o‘qing. Ismlarni yozib, to‘g‘ri 1 yozilishini yodda tuting.
Muhabbat, Bahrom, Nilufar, Ahror, Davron, E’tibor, Vohid, Hilola, Ravshan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
V.Uyga vazifa:
Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________

2-sinf Fan: Ona tili
Sana: __________________ Sinf: _________________________
68-dars
Mavzu: KISHILARNING ISMI VA FAMILIYASIDA BOSH HARF (175-177-mashqlar)
Darsning texnologik xaritasi

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:



Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari



O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.



Tayanch kompetensiyalar:


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin