Shahar, qishloq, ko‘cha va daryo nomlari bosh harf bilan yoziladi. 191-mashq. Gaplarni o‘qing. O‘zbekiston — yam-yashil diyor. Hayotbaxsh Amudaryo bilan Sirdaryo butun o‘lka bo‘ylaboqib o‘tadi. Chirchiq, Zarafshon, Norin daryolari Toshkent, Samarqand, Namangan, Kattaqo‘rg‘on kabi shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlaydi. Yozing. Qaysi so‘zlarni bosh harf bilan yozdingiz? Nima uchun? 192-mashq. So‘z birikmalarini o‘qing va yozing. Bosh harf bilan boshlangan so‘zlarning tagiga chizing. Navoiy shahri, Amir Temur xiyoboni, Bo- bur ko‘chasi, Mustaqillik maydoni, Oybek ko‘chasi. Bu shahar, xiyobon, ko‘chalar kimlarning shara- figa shunday nomlangan? Mustaqillik maydoni-chi? IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
2-sinf Fan: Ona tili Sana: __________________ Sinf: _________________________ 76-dars Mavzu:SHAHAR, QISHLOQ, KO‘CHA,DARYO NOMLARIDA BOSH HARF(193-195-mashqlar) Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.