IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: 24-mashq. Berilgan so‘zlarga bitta tovushi bilan farqlanadigan so‘zlar toping. Don — non, boy — ..., pilla — ..., choy — ..., paxta — ..., bog‘ — ... . So‘zlarni namunadagidek yozing. So‘z ma’nosini farqlayotgan harflarning tagiga chizing. 25-mashq. Ovoz chiqarib o‘qing. So‘zlar qaysi tovushlar bilan farqlanyapti? Bilak — tilak, lola — tola — bola, bolg‘a —bolta, savob — javob, keng— teng, mosh — tosh. Yozing. So‘z ma’nosini o‘zgartirgan harfning tagiga chizing. Bir tovush bilan farqlanadigan ikkita so‘z ayting. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________ 2-sinf Fan: Ona tili Sana: __________________ Sinf: _________________________ 10-dars Mavzu: TOVUSHLAR VA HARFLAR .26-27-mashqlar Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.