255-mashq. Gaplarni o‘qing. Nechanchi? va qancha? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlang. Abbos o‘n beshinchi maktabning ikkinchi sinfida o‘qiydi. Bu sinfda yigirma olti o‘quv- chi ta’lim oladi. Ulardan o‘n bitta o‘quvchi a’lochi. Nechanchi? va qancha? so‘roqlariga javob ~bo‘lgan so‘zlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgako‘chiring Namuna: (Nechanchi?) O‘n beshinchimaktab, Shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Narsa va shaxsning tartibini bildirgan so‘zlar nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. 256-mashq. Topishmoqlarni o‘qing. Javoblarini toping. Bir chuqurda ming chuqur, Chuqurni igna cho‘qir. Qirq ko‘ylagi bor, Bir tugmasi yo‘q Yozing. Narsalar sanog‘ini bildirgan so‘zlar tagiga to‘lqinli chiziq chizing. Topishmoqlar javobini topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi? Shu so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo‘lyapti? 257-mashq. Sonlarni qo‘shib o‘qish orqali so‘z ma’nosini chiqaring. Yozing. Shunga o‘xshash boshqotirmalar tuzishga harakat qilib ko‘ring. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
2-sinf Fan: Ona tili Sana: __________________ Sinf: _________________________ 105-dars Mavzu:SANOQ VA TARTIBNI BILDIRGAN SO‘ZLAR (258-259-mashqlar) Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.