43-mashq. Rasm-diktant yozishga tayyorlaning. Sut beruvchilarning nomlarini yozing. 44-mashq. Rasmlarga qarab, uch-to‘rtta gap tuzing. Nabi gulzorda kapalaklarni quvlashni yaxshi ko‘radi. U ham buvisining ertaklarini tinglashga shoshiladi. Buvi nabiralariga ko‘p ertaklar aytib beradi. Asila, Nargis va G‘anisher buvisini jon qulog‘i bilan tinglaydilar. Gaplarni rasmlar tartibida yozing. Unli harflaming tagiga chizing 45-mashq. 0‘qing. Javobini toping. Uyning shiftida ini, Kuylab berar har kuni. Bahorda kutib olib, Kuzatamiz kuz uni. Topishmoqni va javobini yozing. Unli tovushlarni ifodalagan harflarning tagiga chizing. 46-mashq. Yod oling.
QUVNOQ UNLILAR A a O o Ayiq asal yaladi, Oqqush ko‘lda suzadi,
Asalari taladi. Oppoq bo‘yin cho‘zadi.
Ee Echki dedi uloqqa:
Endi ketma uzoqqa.
Uu Uzib beraymi uzum, Uzumni ekkan — o‘zim. Ii Itim bor — nomi To‘rtko‘z, Ikkalamiz juda do‘st. O‘o‘