55-mashq. Yonma-yon berilgan so‘zlarni o‘qing. Shu so‘zlarning birinchi tovushini talaffuz qilib, qiyos- lang. Qaysi tovushni talaffuz qilganingizda shovqin va ovoz, qaysilarida faqat shovqin eshitiladi? Dil — til, gul — kul, joy — choy, jala — chala, zina — sina, vaza — fazo. So‘zlarni yozing. Yonma-yon berilgan so‘zlar ma’nosini farqlayotgan harflarning tagiga chizing. O‘zbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar bor. Jaranglilar: bdgv z g‘ jjl m n r y ng Jarangsizlar: pt kfsxch shqh Jarangli undosh tovushlarni aytganda shovqin va ovoz eshitiladi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitiladi. 56-mashq. So‘zlarni o‘qing. Gul — kul, barg — park, vahm — fahm, jim — chim. Juftlab berilgan so‘zlarning birinchi tovushini talaffuz qiling. Ular qanday tovushlar? Javob namunasi: gul so‘zida birinchi tovush g — jarangli, k — uning jarangsiz jufti. 57-mashq. 0‘qing. Talaffuzda qaysi so‘z oxiridagi иundosh tovushning jarangsiz jufti aytilyapti? Hamma o‘z ishi bilan band bo‘ldi. Oyisi ovqat qildi. Buvisi ko‘rpa qavidi. Dadasi hovlida yer chopdi. Keyin birgalashib ovqatlanishdi, choy ichishdi.Kavsar Turdiyeva Yozing. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________