2-sinf Fan : Ona tili Sana: Sinf



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə108/383
tarix09.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#128501
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   383
2-sinf-Ona-tili-Yangi-darslik-asosida-2019-2020 (2)

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Tutuq belgisi qachon qo‘yiladi?
93-mashq. So‘zlarni o‘qing. Tutuq belgisidan oldin kelgan undoshni keyin kelgan unlidan ajratib ayting.
Sur’at, Jur’at, Tal’at, San’at, qal’a, qat’iy, mash’al.
So‘zlarni yozing. Tutuq belgili bo‘g‘inning tagiga chizing.
94-mashq. Tutuq belgisidan oldin kelgan unlini
cho‘ziqroq aytib, so‘zlarni o‘qing.

Ra’no, ba’zi, va’da, ma’no, ma’qul, sa’va, ta’zim, ta’lim, e’lon.
So‘zlarni yozing. Tutuq belgisi qo‘yilgan bo‘g‘inning ~ tagiga chizing.
Tutuq belgisi bo‘lgan so‘zlar bo‘g‘inlarga quyidagicha bo‘linadi: mash’-al, va’-da, sa’-va.
95-mashq. O‘qing.
O‘QISH DARSIDA
Ne’mat hikoyaning birinchi qismini o‘qidi. Ma’ruf tushunganini aytib berdi. Jur’at «va’­da», «ma’mur» so‘zlarining ma’nosini aytdi. Sa’di hikoyaning ikkinchi qismini o‘qidi. Ma’- mura uni so‘zlab berdi. O‘qituvchi ularni ba- holadi.
Savollarga javob bering.
Ne’mat nima qildi? Kim tushunganini so‘zlab berdi? Jur’at qaysi so‘zlarning ma’nosini aytdi? Sa’di nima qildi? Ma’mura-chi?
Tutuq belgisi bo‘lgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib, chiziqcha bilan ajratib yozing.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin