142-mashq. O‘qing. So‘z va gaplarni qiyoslang. So‘z gapdan nimasi bilan farqlanadi?
So‘zlar: kitob, do‘st, asrang, u, o‘rgatadi, yaxshi, o‘qing, biz, g‘amxo‘r, besh.
Gaplar: kitobni yaxshi asrang.
U kishilarga irodasi kuchli hamda g‘amxo‘r bo‘lishni o‘rgatadi.
Kitob — bizning do‘stimiz.
So‘zlarni yozing.
So‘zlar shaxs va narsa nomini, uning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildiradi: yil, bo‘linadi, saxiy, to‘rt, olam, yigirma, chiroyli, kuylaydi, obod, rayhon, sakradi, shinam
143-mashq. Rasmlarni bir-biri bilan taqqoslaganda nimalarni ko‘rdingiz?
Ularning nomini ayting.
Nuqtalar o‘rniga katta yoki kichik so‘zini qo‘yib,
gaplarni yozing.
Namuna: O‘rdak g‘ozdan kichik.
Ot tuyadan ... . Sigir fildan ... . Tulki quyondan ... . Kaptar chumchuqdan ... .
144-mashq. Rasmlardan savollarga javob toping.
Qaysi qush bahor elchisi?
Qaysi hasharot eng kam umr ko‘radi?
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
V.Uyga vazifa:
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
2-sinf Fan: Ona tili
Sana: __________________ Sinf: _________________________
58-dars
Mavzu: SHAXS VA NARSA NOMINI BILDIRGAN SO‘ZLAR (145-147-mashqlar)
Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
|
Tayanch kompetensiyalar:
|
|
Dostları ilə paylaş: |