2-sinf Fan : Ona tili Sana: Sinf



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə170/383
tarix09.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#128501
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   383
2-sinf-Ona-tili-Yangi-darslik-asosida-2019-2020 (2)

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
154-mashq. Boshqotirmani yeching
Hosil bo‘lgan so‘zlarni so‘rog‘i bilan birga yozing.
155-mashq. O‘qing. Kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘l- gan so‘zlarni aniqlang.
Bizning Vatanimiz — O‘zbekiston. Vatani- mizda o‘zbeklar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, rus- lar, armanlar, qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, tatarlar va boshqa millat vakillari ahil yashay- dilar, mehnat qiladilar.
Kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.

156-mashq. 0‘qing
Keng dalalar, ...rmon, d...ngizlar, G...lzor, bog‘lar— bari bizniki.
Dar...o, ko‘llar, serhosil y...rlar,
Ol...in to...lar hur ...limniki.
Shukur Sa’dulla
Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan harflarni qo‘yib " ko‘chiring. Nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing.
Nima uchun shoir hamma narsani bizniki, elim- niki deb ataydi?
157-mashq. To‘rtta kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan va to‘rtta nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin