2-sinf Fan : Ona tili Sana: Sinf



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə194/383
tarix09.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#128501
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   383
2-sinf-Ona-tili-Yangi-darslik-asosida-2019-2020 (2)

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
178-mashq. O‘qing.
CHIN DO‘STLAR
Xayrulla va Akmal bir sinfda o‘qishadi. Ular qalin do‘st.
Akmal shamollab, kasal bo‘lib qoldi. Kasali biroz cho‘zildi. Shuning uchun darslardan ham qolib ketdi. Xayrulla maktabdan kelgach, Akmalga o‘zi olgan saboqlarni o‘rgata boshladi.
Akmal qoldirilgan darslarni o‘zlashtirib oldi.U chin do‘stiga yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Sinfdoshlari ularga havas qilishdi.
Savollarga javob bering va javobingizni yozing.

  1. Kimlar qalin do‘st?

  2. Xayrulla do‘stiga qanday yordam berdi?

  3. Kimlar ularga havas qilishdi?

Kishi ismlarining yozilishini eslab qoling.
179-mashq. O‘qing.
Mamlakatimizda sportgakatta e’tibor qaratilgan. Bunga
javoban bahodirlarimiz yurtimiz qudratini dunyoga namoyish
qilmoqdalar. Ular orasida erkin kurashchilar Artur Taymazov,


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin