odamlar cho‘lga suv keltirdilar paxtakorlar u yerlarga paxta ekishdi bog‘bonlar mevazor bog‘lar yaratishdi Yozing. Birinchi gap kimlar haqida aytilgan? Shu so‘z tagiga bitta chiziq chizing. Odamlar haqida nimadeyilgan? Bu so‘z tagiga ikkita chiziq chizing.Ikkinchi va uchinchi gaplar kimlar haqida aytilganva ular haqida nima deyilgan? 278-mashq. O‘qing. O‘quvchilar maktab hovlisiga gilos ko‘chatini o‘tqazdilar. Gilos mart oyida oppoq gulladi. Atrofga yoqimli hid tarqaldi. Gilos may oyida pishadi. Yosh bog‘bonlar mehnatlari mevasidan yeydilar. Yozing. Har bir gapdan shu gap kimlar yoki nima haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganinibildirgan so‘zlarni aniqlang, tagiga chizing Gapning asosini qanday aniqlaymiz va belgilaymiz. Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘z bilan ular haqida nima deyil- ganini bildirgan so‘z gapning asosiy mazmu- nini bildiradi. Bu — gapning asosi bo‘ladi. Gapning asosini belgilash uchun ushbu gapni o‘qiymiz. O‘quvchi mehnatni sevadi. Avval so‘roq berib, gap kim (yoki nima) haqida aytilganini bildirgan so‘zni topa- miz:(kim?)oiquvchi; uning tagiga bitta chiziq chizib belgilaymiz. Keyin so‘roq berib u (o‘quvchi) haqida nima deyilganini bildirgan so‘zni topamiz: (nima qiladi?)sevadi va uning tagiga ikkita chiziq chizib belgilaymiz. (Kim?)O‘quvchi mehnatni (nima qiladi?) sevadi. (Nima?) Mehnat kishini (nima qiladi?)ulug‘laydi. 279-mashq. Mazmunga mos so‘zlarni nuqtalaro‘rniga qo‘yib, gaplarni yozing.