Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya:o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
54-mashq. Gaplarni o‘qing. 1.Bog‘bon ko‘chatni ekdi. 2. Shamol ko‘- chatni egdi. 3. Mard maydonda bilinadi. 4. Bahor mart oyidan boshlanadi. Faqat bir harfi bilan farqlangan so‘zlarni toping, g va k, d va t tovushlarini talaffuz qiling. Qaysi tovushni talaffuz qilganingizda shovqin va ovoz, qaysi tovushni talaffuz qilganingizda faqat shovqin eshitiladi? Gaplarni ko‘chiring, g va k, d va t harflarining tagiga chizing.