3. O`quvchilarni savol tuzishga o`rgatish. O`quvchilarni savol tuzishga o`rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to`g`ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo`ladi. O`quvchilar matnni ongli o`zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar.
O`quvchilarga savol tuzishni o`rgatishni 2-sinfdan boshlashmaqsadga muvofiqdir. O`quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o`rgatish uchun o `q ituvchi matnga o`zi tuzgan yoki „O`qish kitobi“da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun “Nega и yoki bu savol qo`yilgan?”, “Undakim yoki nima haqida gap boradi?”, “Savol ko`proq qaysi so`zlar bilanboshlanadi?” kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o`rgatadi. Ikkinchidan, o`qituvchi o`quvchilar e`tiborini matnga savol tuzish yo`liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o`qish, qatnashuvchi shaxslami ko`rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o`rgatishning boshlang`ich bosqichida bu mashq jamoa bo`lib bajariladi va ta `limiy xarakterda bo`ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo`lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda “Ahillik ulug` baxt” ertagida “Odamlarning cholning bolalarihaqidagi fikri yuzasidan savol tuzing” topshirig`i berilgach, o`quvchilar “Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?” kabi savol tuzishlari mumkin. 4-sinfda “Qovun sayli” (Sh. Sa`dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig`i beriladi:
— Hikoyadagi birinchi xatboshini o`qing va shu qism yuzasidan savol tuzing— Hikoyadagi birinchi xatboshida qo`llangan so`zlaming ma`nosini izohlash bo`yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto`r so`zlarining ma`nosini izohlang) — Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing.
Keyinchalik o`quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o`zlashtirib oladilar.