2-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi Sana : Mavzu: Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish. Darsning maqsadlari



Yüklə 82,27 Kb.
səhifə1/7
tarix24.10.2023
ölçüsü82,27 Kb.
#130890
  1   2   3   4   5   6   7
ona tili 5


2-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi
Sana :
Mavzu: Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish. 
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va ma’lum tayyorgarlikdan so`ng uni yozish ko`nikmasini shakllantirish. Nutqiy, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalar
b) tarbiyaviy: so`zlarning ma`nosini anglas, ularda to`g`ri va chiroyli, xatosiz, talaffuz qilish tushunchasini hosil qilish;
d) rivojlantiruvchi: mavzu asosida olgan bilimlarni mustaqil qo`llay bilish qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali, amaliy, aralash.
Dars jihozlari: Ona tili, odobnoma kitoblari, , rasm va boshqotirmalar, magnit taxtasi, aql mashqlari, “Sehrli parda” didaktik o`yini, magnit tasmasi.
Darsning borishi: I-BOSQICH: Darsni tashkil qilish jarayoni .
Tashkiliy qismda O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, bilimga tashna qalblar. Qani ayting-chi, hozirgi darsimiz qanday dars?
O`quvchilar: Hozirgi darsimiz bizga ko`p bilim beruvchi ona tili darsidir.
O`qituvchi: Ona tili darsida nimalarni O`rganasiz?
O`quvchilar: Ona tilim, jonu dilim,
O`rgatadi O`z tilim.
Chiroyli va xatosiz,
Yoz deydi ona tlim.
II-BOSQICH: O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash, takrorlash jarayoni O`qituvchi: Keling, tabiat taqvimi haqida suhbat o`tgazaylik. Hozirgi faslimiz bahor fasli. bahor kunlari haqida nimalarni bilasiz?
Bu haqdagi javoblar eshitiladi. O`quvchilar tabiat taqvimini mustaqil belgilaydi. “Aytilishida tushib qoladigan undoshlar” mavsusi bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Uyga vazifa didaktik materiallar orqali so`rab baholanadi. Sinf 3 ta guruhga bo`linadi. Guruhlarga nom berilib, savol yozilgan bittadan bayroqcha rasmi tarqatiladi. D, T undoshlari haqida og`zaki savol-javob O`tkaziladi, kichik rebus to`ldiriladi.

Yüklə 82,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin