2. Ta'limni tashkil etish shakllari. Ma’ruza mavzularini tuzish, ularga tayyorgarlik ko’rish va ma’ruza darslarini o’tish metodikasi. Tayanch iboralar



Yüklə 262,5 Kb.
səhifə1/10
tarix25.11.2023
ölçüsü262,5 Kb.
#134388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Ta\'limni tashkil etish shakllari. Ma’ruza mavzularini tuzish,




Informatika darslarida o`quvchilar bilim ko`nikma va malakalarini nazorat qilish baholashning zamonaviy metodlari.


Reja
1. Ixtisoslik fanlarini o’qitish shakllarining umumiy tavsifi.
2. Ta'limni tashkil etish shakllari.
3. Ma’ruza mavzularini tuzish, ularga tayyorgarlik ko’rish va ma’ruza darslarini o’tish metodikasi.


Tayanch iboralar:
Standart, davlat ta’lim standartlari, ta’lim standartlarining maqsadi, ta’lim standartlarining vazifalari, tayanch o’quv rejalari, texnologik xarita, namunaviy o’quv dasturi, ishchi o’quv dasturi, kalendar reja, o’quv-uslubiy majmua.
Nazariy materiallar
Ixtisoslik fanlarini o’qitish shakllarining umumiy tavsifi.
O’qituvchi tomonidan talabalarni samarador o’qishlarini tashkil qilish faqatgina o’qitishning shakllarini bilish va ulardan to’g’ri foydalanishga bog’liqdir. Zamonaviy didaktikada ko’plab shakllar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni har biri o’qitishni taShkil qilishni u yoki bu tomonini ochib beradi. Shu asosida ma’lum bo’lgan tizimlashtiriladi, umumlaShtiriladi va klassifikatsiyalaShda ifodalanadi. Ba’zi bir klassifikatsiyalar asosida o’quvchilarning miqdoriy tarkibi, boshqalarida esa o’quv joyi, uchinchisida esa mashg’ulotning davomiyligi va h. k. Masalan, pedagogik nashrlarda o’qitish formasi uchta guruhga ajratiladi:

  1. yaxlit o’qitish shakllari (pedagogik texnologiyalar);

  1. o’rganuvchilar o’quv faoliyati formalari (juftlik, guruhli, yakka, jamoaviy);

  1. sinf, guruhni joriy o’quv ishlarini tashkil qilish formasi (dars va uning turlari)





Ssu bilan birga darsdan tashqari ishlar (ekskursiya, uy ishi, fakultativ va h. k. ). Boshqa o’quv qo’llanmada o’qitish shakllari klassifikatsiyasida uchta asosiy tizimga e’tibor qaratiladi.


Mavjud pedagogik adabiyotlarda “forma” atamasi ancha keng ma’noda ishlatiladi. Bu o’quvchilarda ko’pincha savollar tug’ilishiga olib keladi. Yakka forma va yakka ish bular aynan bir xil narsami yoki yo’qmi, ma’ruza ekskursiya – bu o’qitish shakllarimi yoki usullari?
Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi – bu dars turimi yoki shakllarimi? Bu savollarga javob berish uchun savolning tarixini o’rganib chiqish zarur.
“Forma” lotinchadan tarjima qilinganda tashqi qiyofa degan ma’noni bildiradi.
Shu belgilarga asosan tarixan o’qitishning quyidagi formalari mavjud:

  • yakka (juft bo’lib, XV asrda);

  • guruhli (frontal);

  • mustaqil.

O’qitishning birinchi shakli, yakka forma bo’lib, bunda o’qituvchining o’zi o’qitadi, qoidalarni tushuntiradi, mashqlarning bajarilishini tekshiradi, o’quvchilar bilan suhbat olib boradi.
Jamiyatning rivojlanib borishi davomida o’qitishning yakka-guruhli shakli paydo bo’ladi. Bu o’qitish formasi turli yosh va tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan guruhlar uchun mo’ljallangan. Shuning uchun, mashg’ulot navbati bilan har bir o’quvchi bilan yakka tartibda olib boriladi. Unga mos bo’lgan belgilar: o’rganuvchilar soni 10-15 ta odam, o’zaro ta’sir xarakteri juft-parallel, mustaqil darajasi va o’qituvchi tomonidan rahbarlik yakka formadagi kabi. Uni quyidagi sxema ko’rinishda tasvirlash mumkin:

O’quvchi 1

O’quvchi 2
O’qituvchi
O’quvchi 3
. . . . . . . . . . . . . . .
XVI asr oxiri XVII asr boshlariga kelib ommaviy o’qitishga ehtiyoj paydo bo’ldi, chunki jamiyat ishlab chiqarishi va ma’naviy hayot taraqqiyotida siljishga ega bo’lgan edi. O’qitishning ommaviy Shakli paydo bo’ldi. U hozirgi oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning ma’ruza Shaklidir. Bir xil darajadagi tayyorgarlikka ega bo’lgan, o’zgarmas tarkibli katta guruhlar tuzildi. Yil davomida o’qitish jarayoni qat’iy jadval asosida barcha o’quvchilar bilan bir vaqtda olib boriladi. O’rganilayotgan material yildagi mashg’ulotlar soniga mos ravishda qismlarga bo’linadi. Bu qismlar dars deb ataladi. Shunday qilib, sinf-dars tizimi paydo bo’ldi. O’qituvchining bilimlarni bayon qilishi, predmetlar, ko’rgazmali vositalarni tabiiy holda namoyish qilish o’qitishning asosini tashkil qiladi. O’rganuvchilar mustaqil fikrlaSh, kuzatish, tajriba o’tkazishni o’rgana boshlaydilar. Shunday qilib, o’qitish faolroq va ongli xarakterga ega bo’la boshlaydi. O’qitishning bu shakli quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: o’quvchilarning soni – 100-300 ta (keyinroq 50 tadan 60 gacha) aloqaning frontal xarakterdaligi, o’quvchilarning mustaqillik darajasi oshib boradi, o’qituvchining yetakchi funksiyasi ­ informatsion-nazorat qiluvchi.


Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin