2 Teplofikasiya koeffitsienti.
Abonentlarga kirishdagi hisobiy issiqlik iste’moli ko‘p muddat davom etmaydi. Ko‘pchilik iqlimiy poyaslarda maksimal issiqlik sarfining davomiyligi masalan issitish uchun isitish fasli davomiyligini 0.01 qismini tashkil etadi. Boshqa muddatlarda issiqlik yuklama hisobiy qiymatdan bir necha barobar kam bo‘ladi. Agarda issiqlik stansiyasining teplofikasion uskunalari iste’molchining qisqa muddatli maksimal yuklamasi bo‘yicha tanlanmagan bo‘lsa, u xolda ulardan uzoq muddat katta yuklanishsiz foydalaniladi. IEM o‘rnatilgan quvvatini bilgan xolda qisqa muddatli maksimal issiqlik yuklamani qoplash maqsadida olindan bilgan xolda ko‘tarish, oqlab bo‘lmaydigan kapital mablag‘ni ortiqcha sarfiga olib boradi. Shu sababli IEM o‘rnatilgan quvvati uskunalarning shunday tanlanadiki, uskunalarning maksimal unumdorligi foydalanish davomiyligi bir yilda 5000 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Issiqlik yuklamasining qolgan qismi cho‘qqi qozonlar orqali uzatiladi. Soatning maksimal yuklanishida IEM dan uzatilayotgan issiqlik
(XII.23)
XII.1-rasm. Yillik grafiklar: a-issiqlik yuklamasining davomiyligi; b-tarmoq suvi harorati. bu yerda: -IEM hisobiy issiqlik yuklamasi; -teplofikasion turbinaning otbori orqali yopiladigan hisobiy yuklamasi; -cho‘qqi qozonlar issiqlik otbori orqali yopiladigan issiqlik yuklamasining hisobiy qiymati.
Cho‘qqi qozonlarni ishga tushirish vaqtida issiqlik yuklamalarini davomiylik grafigi bo‘yicha bo‘ladi (XII.1 rasm). Grafikning chap qismida (XII.1, a rasm) soatbay issiqlik yuklamasini tashqi havo haroratiga bog‘liklik grafigi ko‘rsatilgan, o‘ng tomonida esa issiqlik yuklamasini davom etish mudati bo‘yicha o‘zgarishi keltirilgan. Tashqi havo haroratining dan oraligida yuklama to‘liq turbinaning teplofikasion otbori orqali ta’minlanadi. Tashqi havo haroratining qiymatida turbina otbori tomonidan berilayotgan hisobiy issiqlik quvvat to‘liq qabul qilinib bo‘linadi, shuning uchun tashqi havo haroratining qiymatlarida (ya’ni yanada past haroratlarida) cho‘qqi qozonlar ishga tushiriladi. Tashqi havo harorati ga yetganda IEM ning issiqlik yuklamasi o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. A maydon cho‘qqi qozon tomonidan uzatiladigan yillik issiqlikga ekvivalent.
Issiqlik yuklamalarning nisbati
(XII.24)
IEM ning teplofikasiya koeffitsienti deyiladi.
O‘zgarmas issiqlik yuklamasiga ega ulanishga ega bo‘lganda teplofikasiya koeffitsientining iqtisodiy kattaligini tanlash katta ahamiyatga ega, chunki ni ortishi bilan kombinasiyalashgan elektr energiyasini ishlab chiqarishni ortishi bilan teplofikasiyani samaradorligini pasaytiruvchi kondensasion ishlab chiqarishni hissasi orta boradi. Teplofikasiyani samaradorligini pasaytiruvchi kondensasion ishlab chiqarishni hissasi ortib boradi. Teplofikasiya koeffitsientini optimal qiymati elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi minimal yig‘indi sarf bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi. Hozirgi zamon turbinaning otbor bug‘i past bosimda (isitish uchun) teplofikasiya koeffitsientining optimal qiymati 0.4-0.7 oralikda bo‘ladi. Cho‘qqi qozonni qo‘shishda nafaqat uzatilayotgan issiqlik miqdori, balki issiqlik tashuvchining grafigi ham o‘zgaradi. XII.1, b rasmning chap tomonida haroratni sozlash grafigi, o‘ng tomonida esa tarmoq suvi haroratini davom etish muddati bo‘yicha o‘zgarish grafigi ko‘rsatilgan. Tashqi havo haroratining dan oraligida tarmoq suvi faqatgina teplofikasion qizdirgichlarda qizdiriladi. Tashqi havo haroratini ga yetishishi bilan tarmoq suvining teplofikasion qizdirgichdagi harorati o‘z chegara qiymati ga teng bo‘lib turbina otboridan olinadigan hisobiy qiymat to‘liq ishlatiladi.
Tashqi havo haroratini oraligida turbina otboridan bug‘ teplofikasion qizdirgichlarga o‘zining avvalgi bosim va haroratida kelib tushadi. Qaytuvchi suvning harorati uzluksiz ko‘tariladi, qizdirgichlarning unumdorligi va suv haroratlarining ayirmasi kamayishi mumkin. Qizdirgichlarning issiqlik unumdorligi o‘zgarmasdan saqlash uchun haroratlar ayirmasi doimiyligini ta’minlash otbordagi bug‘ bosimini uzluksiz ravishda ko‘tarib borish orqali amalga oshirish mumkin. Tarmoq suvining kiyingi hisobiy qiymatigacha yetkazish cho‘qqi qozonda amalga oshiriladi. Tarmoq suvining hisobiy haroratlar ayirmasi cho‘qqi qozonda tashqi havo haroratining xisobiy ga yetganda erishiladi.
Tarmoq suvining harorat grafigi bo‘yicha teplofikasion qizdirgichlardan so‘ngi turli xil issiqlik yuklamalaridagi zarur bo‘lgan turbina otboridagi bug‘ harorati va bosimni aniqlash mumkin. Taxminan bug‘ning otbordagi harorati qizdirgichdan chiqishdagi suv haroratidan 5-10 ga ko‘p. Bu bug‘ harorati to‘yinish bosimiga mos keladi. Davom etish bo‘yicha grafikni qurib (XII.1, a rasmga qarang) va teplofikasiya koeffitsientini qabul qilib, bug‘ otbori va chuqqi qozonlarning zaruriy unumdorligini o‘rnatish mumkin.