2. Xavfsizlikning tizimli tahlili Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari



Yüklə 99,09 Kb.
səhifə2/19
tarix31.12.2021
ölçüsü99,09 Kb.
#112771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2. Xavfsizlikning tizimli tahlili Faoliyat xavfsizligini boshqar

28-jadval

Davlatlar

MDH

G’arbiy Yevropa

Sharqiy Yevrop

a


Jami Baxtsiz hodisadan

%


11

1.5


13.6

8

0.5


6.25

2

0.8


6.6

Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo'lib, ma'luni ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.

Xavfsizlik - bu insonlar oldiga qo'yilgan maqsaddir. HFX esa maqsadga erishishning - vosita, yo'l va usullaridir.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” ilmiy fan bo’lib, xavflar va ulardan himoyalanishni o'rganadi. Uni o'rgamshning predmeti faoliyat (mehnat)ning bir tomonidir, aynan, xavflar va ulardan himoyalanish- maqsadning ikkinchi tarafidir.

«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ning maqsadi- ishlab chiqarishda va favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta'minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy iva amaliy jihatidan tayyorlash hamda ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va o'rgatishdan iboratdir.

Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani yechadi:



  • xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va kelib chiqish nuqtalarini ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish;

  • foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish; -mumkin bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar

konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) bartaraf qilish. kishilik jamiyatini rivqjlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog’lig’ini saqlash masalalari ham ko’rilgan.

Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel (bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan. Tiklanish davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’ ishlari bilan bog’liq bo'lgan xavflarni o'rganadi. Nemis vrachi va metallurgi Agrikola (1494-1555) o'zining “Tog’ ishlari” asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon qilgan. Italyan vrachi Ramassini (16331714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar kasalliklari" kitobini yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog’ ishida mehnat xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga bag’ishlangandir.

«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o’zining nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o’zida quyidagi: muhandislik psixologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik bazasining tizimli tahlildir.

Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi.

Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko’rib kelmoqda.

Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi.




Yüklə 99,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin