7.Faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslari
Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya va biofizika ifanlarifling ma'lumotlari qo’ llaniladi.
Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o'rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’ lad hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so'z boradi.
Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi.
HFX esa insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko'radi.
Dostları ilə paylaş: |