2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni



Yüklə 256,18 Kb.
səhifə19/36
tarix01.12.2023
ölçüsü256,18 Kb.
#136889
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT

VIII MA’RUZA

MAVZU: NEOGEY VA NOTOGEY FAUNISTIK OLAMLARI Reja:


  1. Neogey faunistik olami chegaralari, tabiiy sharoiti


  2. Neogey faunistik olami oblastlari. Neotropika va Karib oblastlari va ularniung hayvonot olami


  3. Notogey faunistik olami chegaralari, tabiiy sharoiti


  4. Notogey faunistik olami oblastlari. Avstraliya, Patagoniya, Yangi Zelandiya oblastlari va ularniung hayvonot olami

Neogey olami Markaziy va Janubiy Amerika qit’asini o’z ichiga oladi. Janubiy Amerikaning eng chekka janubi – Patogoniya, Olovli yer, Folklend orollari bu olam tarkibiga kirmaydi. Neogey faunistik olamining shimoliy chegarasi Meksika yassi tog’ligini janubiy chegarasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, katta Antil, kichik Antil, Bagama, Galapagoss, Xuan-Fernandes va bir qator mayda orollar ham Neogey faunistik olami tarkibiga kiradi.
Janubiy Amerika faunasi boshqa faunistik olamlar bilan uzoq vaqt izolyatsiyalangani-ajralgani tufayli, o’ziga hos faunistik xususiyatlarga ega. Mazkur regionda sutemizuvchilarning primitiv guruhlari, jumladan, xaltalilar, qushlar, reptiliyalar, amfibiyalar, chuchuk suv baliqlari, hasharotlar va boshqa umurtqasizlarning juda ko’p endemik turkumlari va oilalariga mansub turlari hayot kechiradi.
Neogey faunasi olami 2 oblastga ajratiladi:

  1. Neotropika


  2. Karib



Neotropika oblasti
Mazkur oblastning shimoliy chegarasi Neogey olami shimoliy chegarasiga, janubiy chegarasi Argentina va Chilining janubiy chegarasiga to’g’ri keladi. Karib dengizi esa alohida oblast hisoblanadi. Neotropika oblastining tabiiy sharoiti hilma-hildir. Oblastning g’arbiy chegarasi bo’ylab Kordilyera yoki And tog’lari joylashgan. Bu tog’lardagi ayrim cho’qqilar balandligi 7000 m ga yetadi. Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqida unchalik baland bo’lmagan Gviana tog’ligi, sharqiy qismida esa Amazonka daryosining o’ng irmog’i boshlanadigan Braziliya tog’ligi mavjud. Qit’aning qolgan qismi tekisliklardan iborat.
Oblastning iqlimi turli tumandir. Markaziy Amerika va Amazonka havzasida tropik nam, janubiy qismida esa mavsumiy qurg’oqchilik, jazirama, subtropik va hatto sahroga xos sharoit mavjud.
Iqlim harakteriga ko’ra o’simlik qoplami ham xilma-xil bo’ladi. Amazonka havzasidagi allyuvial tekisliklar, tropik zonadagi ayrim rayonlar nam ekvatorial o’rmonlar – gileyalar bilan qoplangan. Janubiy Amerika gileya o’rmonlarining umumiy maydoni 5 mln.kv.km. (И. Лопатин. Основы зоогегорафии. 1979 г) Yillik yog’in miqdori 2500-3000 mm. O’rtacha oylik harorat 23-29` C ni o’rtacha yillik harorat 24-27` C ni tashkil etadi. Tushdan keyingi bo’ladigan yog’inlar odatiy hodisadir. Amazonka o’rmonlari uchun xos xususiyat – botqoqlashgan yoki davriy ravishda suv bosadigan hudud ekanligidir.
Janubiy Amerika nam ekvatoryal o’rmonlari tashqi ko’rinishidan Afrika o’rmonlariga o’xshab ketadi. Ammo florasi tarkibi jihatdan undan ustun turadi. Bu yerda gulli o’simliklarning 15 mingdan ortiq turi o’sadi. Eski Dunyoda uchramaydigan turlardan bromeliyalar va kaktuslar gileyaning asosiy o’simliklaridir. Asosan epifit o’simliklar, orxideya, paporotniklar keng tarqalgan. Botqoqlik yerlari bo’lgan o’rmonlarda sekropiyalar o’sadi. Palmalar ham barcha joylarda uchraydi. Shimoldan janubga tomon yomg’irli tropik o’rmonlar o’rnini asta-sekinlik bilan mavsumiy ravishda doimo yashil o’rmonlar, bargli o’rmonlar (barg to’kadigan), siyrak o’rmonlar va nihoyat savanna yoki lyanoslar egallaydi.
Kordilera tog’larining g’arbiy yonbag’irlari sahro tipidagi siyrak o’simliklar qoplamiga ega. Neotropika oblasti faunasi yuqori darajada endemimizmga ega ekanligi bilan ajralib turadi.



Yüklə 256,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin