Hayvonlarning chuchuk suvda tarqalishi va ularning ekologik guruhlari
Hayvonlarning quruqlikda tarqalishi va ularning o’ziga xos ekologik xususiyatlari
Yerning tirik organizmlar tarqalgan va uning hayot faoliyati ro’y beradigan joy yoki qobiq – biosfera deb ataladi. “Biosfera” yunoncha so’z bo’lib, “bios” – hayot, “sfera” – shar degan ma’noni bildiradi. Biosfera terminini 1 – bo’lib, Avstraliyalik geolog olim E. Zyuss fanga kiritgan. Biosfera ta’limotining asoschisi akademik V. I. Vernadskiy hisoblanadi. U Yerning tirik organizmlar va biogen cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan qismini biosfera deb atagan. V. I. Vernadskiy biosferada 3 ta komponent borligini aytib o’tadi.
1) Tirik organizmlar
2) Mineral moddalar – biogen moddalarning aylanma harakatida ishtirok etuvchilar
3) Tirik organizmlarning hayot faoliyati moddalari ular vaqtincha biogen aylanmada ishtirok qilmaydi.
V.Vernadskiy ta’limotiga ko’ra - biosferada tirik modda va yashash muhiti bir – biriga bog’liq bo’lib, bir – biriga ta’sir qilib, bir butun dinamik tizimni hosil qiladi. Yerning taraqqiyot tarixida va hozirgi paytda biosferaning roli katta, chunki Yer – geografik qobig’i taraqqiyotida biokimyoviy – geokimyoviy jarayonlarning ro’y berishida “tirik organizmlar”ning ishtiroki juda muhimdir. Milliard yillar davomida organizmlar evolyutsiyasi tufayli tog’ jinslari nurashi, tuproq hosil bo’lishi, rel’ef shakllari o’zgarishi, qazilma boyliklarining hosil bo’lishi kabi jarayonlar bo’lib o’tgan. Atmosferaning hozirgi gaz tarkibi o’simlik va hayvonlar faoliyati tufayli paydo bo’lgan. V. I. Vernadskiy fikricha asosan, biosfera tarkibiga faqat Yerning qobig’ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosfera qismi ham kiradi.
Yer sharida quyidagi qobiqlar bor:
Litosfera
Gidrosfera
Atmosfera
Yer sharining qattiq qobig’i litosfera deyiladi. (“litos”- grekcha tosh degan ma’noni bildiradi).
Gidrosfera yerning suvli, suyuq qobig’i okean, dengiz, ko’l va daryolar, muz va botqoqliklar hamda 5 kmgacha chuqurlikdagi suvlar kiradi.
Litosfera va gidrosfera ustida 100 km balandlikkacha atmosfera davom etadi.
Atmosfera – Yer sharini o’rab olgan havo qoplamidir. Agar atmosfera bo’lmasa, unda Yer yuzasi kechqurun – 1000C ga sovib ketib, kunduzi 1000C ga qizib ketadi. Atmosferaning o’rta hisobda 15 km balandlikkacha bo’lgan pastki qatlami – troposfera deyiladi.
Troposfera – grekcha “trope” – o’zgarish deganidir.
Troposferada havoda muallaq holdagi suv bug’lari bo’ladi va yer yuzasining notekis isishidan ular ko’chib yuradi. Troposfera ustida balandligi 100 kmga yetadigan stratosfera bor. Stratoferada 20 – 22 km balandlikda erkin kislorod O quyosh nuri ta’sirida ozonga aylanadi. O2 – O3 Ozon quyoshning tirik organizmlar uchun halokatli bo’lgan ul’trabinafsha nurlarini qaytaradigan - yupqa ozon qatlami, ozon ekranini hosil qiladi. Biosferaning pastki chegarasi litosfera bo’lib, unda tiriklik 2 – 3 km chuqurlikkacha tarqalgan. Neft qatlamlaridagi shunday chuqurlikda miqroorganizmlar aniqlangan. Litosfera ustidagi organizmlarning asosiy massasi tuproqning 1 m qalinligida joylashgan.
Yer kovlovchi hayvonlarning – bo’rsiqlar, sug’urlarning ini 6- 7 m, hasharotlardan termitlar uyasi 6 m chuqurlikkacha etadi.
Tirik organizmlar Yerning yashash uchun qulay bo’lgan barcha qismlarida uchraydi. Masalan doimiy muzliklarda mikroorganizmlar, suvo’tilardan tashqari – hasharotlar oyoqdumlilar kabi vakillari ham yashaydi.
Himolay tog’larida dengiz sathidan 7000 metr balandlikda o’rgimchaklar, kanalar, hasharotlar qayd qilingan.
Tog’ qo’ylari (Ovis ammon) va quyonlarning ayrim turlari (Lepus tibetanus) 5 – 5,5 km balandlikda, yuqori tog’ al’p zag’chalari (Pyrrhocorax pyrrhocorax) hattoki 8,2 km balandliklagi qoyalarda uchraydi.
Hozirgi vaqtda harakatdagi vulkanlar kraterida, suvi haddan tashqari sho’rlangan O’lik dengizda ( Mертвое море), suvi H2S bilan to’yingan Qora dengizni chuqur qatlamlarida hayvonlar uchramaydi. Shuningdek Qizil dengizning Atlantic chuqurligi (2000 m) da harorat 560 C, turli metall tuzlarining konsentratsiyasi yuqori; Antarktidaning San – Xuan ko’ining suvi CaCl2 ning 45 %li eritmasi bo’lib, bu biotaklarda ham tirik jonzotlar yashamaydi.
Muhit ekologik tushuncha bo’lib, u kompleks tabiiy elementlar va boqeyalardan tashkil topgan. Shu muhit tirik organizmlar, jumladan hayvonlar ham ular bilan bevosita yoki bilvosita munosabatda bo’ladi.
Muhit – organizmlarni o’rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir.
Tirik organizmlar 4 ta asosiy muhitlarda tarqalgan. Ulardan 2 tasi, ya’ni suv va havo muhitlari o’lik, tuproq muhiti oraliq va organism (muhit sifatida) tirik xususiyatlarga ega.
Shu muhitda tarqalgan organizmlarga turli xil ekologik omillar ta’sir ko’rsatadi. Omil tirik organizmlarga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir.
Ekologik omillar tirik orhanizmlar qatorida hayvonlarning ham geografik tarqalishiga, boshqa biotoplarga migratsiya qilishiga, populyatsiyasining strukturasini o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Shu tufayli hayvonlarda o’ziga xos adaptatsiyalar – uyqu, diapauza, fotoneriodik reaksiya yoki hokazolar paydo bo’lgan.
Ekologik omillar 3 guruhga ajratiladi:
1) Abiotik omillar – iqlim: harorat, yorug’lik, havo, namlik, radiatsiya, gravitatsiya; Edafik: tuproq; rel’ef.
2) Biotik omillar: tirik mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar.
3) Antropogen omillar
Ekologik omillar qanchalik xilma – xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai – nazaridan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar mavjud. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb ataladi yoki optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga haddan tashqariga kuchsiz – minimum va kuchli – maksimum ta’sir etishi mumkin. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi.
Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organism nobud bo’ladi. Kritik nuqta bilan optimum zona oralig’ida pessimum zona mavjud.
Krtik nuqtalar orasidagi chidamlilik chegarasi mavjudotlarning muhit omillariga nisbatan ekologik valentligi hisoblanadi. Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektrini tashkil qiladi. Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan turlarga evri – old qo’shimchasini qo’shib, tor doirada moslashganlarga steno – old qo’simchasini qo’shib nomlanadi.
Haroratga nisbatan evriterrm, stenoterm; namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid; sho’rlanishga nisbatan evrigalin, stenogalin; yorug’likka nisbatan evrifot, stenofot; oziqqa moslashganligiga qarab evrifag, stenofag kabi ekologik guruhlarga ajratiladi. Umuman olganda tirik organizmlarni evribiont va stenobiontlarga ajratish mumkin. Stenobiont hayvonlarga nam tropik o’rmonlarda yashaydigan odamsimon maymun – shimpanze yoki mo’tadil zonalarning ignabargli o’rmonlarida hayot kechiradigan karqurlar misol bo’ladi.
Evribiont hayvonlarga misol qilib tulkini olish mumkin, uni tekisliklar va tog’lar, o’rmon va dashtlar, bir qancha iqlim zonalari chegaralarida ham uchratish mumkin. Rif hosil qiluvchi korall poliplar stenobiont hisoblansa, kitlar evribiont hisoblanadi.
Minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omillar – cheklovchi omillar hisoblanadi. Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining yetishmasligi ta’sir etsa, qurg’oqchil rayonlarda – janubda namlik yoki yuqori haroratning ta’siri cheklovchi omil hisoblanadi. Demak cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishini ham belgilaydi. Masalan Aureliya (Airelia airata) – bir qancha ekotiplari bo’lib, bu ekotiplar yashash muhitini harorati turlichadir. Shimoliy rayonlarda yashovchi populyatsiyalar sovuq haroratli suvda bemalol yashashi, aktiv suzishi mumkun, ammo janubiy populyatsiyalari bunday haroratda yashay olmaydi. Ko’ptukli halqali chuvalchang nereida Nereis diversicolor Qora dengizda va Ruminiya qirg’oqlaridagi yopiq lagunalarda hayot kechiradi. Agar nereidani Ruminiya qirg’oqlaridan Qora dengizga olib kelinsa nobud bo’ladi. Chunki suvning sho’rlilik darajasi cheklovchi omildir.
Cheklovchi omilni aniqlash uchun turni o’zi tarqalgan areal chegarasida o’rganib chiqish lozim. Finlyandiyada 1880 yilda o’rtacha haroratning sal ko’tarilgani aniqlandi. Shu vaqtning o’zida chibis Vanellus vanellus ning arealini shimol tamonga qarab kengayishi qayd qilingan. Bundan harorat cheklovchi omil ekanligi ma’lum bo’ldi, chunki shu vaqtda sharoitlat o’zgarmay qolgan. Cheklovchi omillar faqat abiotik omillar bo’lib qolmasdan, biotik omillar ham bo’lishi mumkin. Cheklovchi omillarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.