2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni



Yüklə 256,18 Kb.
səhifə25/36
tarix01.12.2023
ölçüsü256,18 Kb.
#136889
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT

Amfibiyalar sinfi:
Amfibiyalarning oyoqsizlar va dumlilar turkumlariga kiruvchi turlari uchraydi. Bu yerda baqalarning 5 turi: kvaksha, Janubiy Amerika Svistunlari, kaltaboshli baqalar yashaydi.
Molyuskalar faunasini juda ko’pchilik turlar tashkil qiladi, sababi bu yerda oxak moddasi ko’p to’plangan.

Notogey olami
Notogey olami tarkibiga Janubiy Amerika qit’asining eng chekka janubiy qismi (Patagoniya, Olovli Yer oroli), Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Zelandiya va Dunyo okeanining subantraktik orollari kiradi. Shuning uchun ham Notogey olamini orol ko’rinishidagi faunistik olam deb aytish mumkin.
Bu olam uchun faunaning kambag’alligi va hayvonot olamini bir tomonlama rivojlanishi harakterli xususiyatdir.
Notogey olamini 3 ta zoogeografik oblastga ajratiladi:

  1. Avstraliya oblasti


  2. Yangi Zelandiya


  3. Patagoniya (Golantarktika)




Avstraliya oblasti
Bu oblastga Avstraliya qit’asi, Tasmaniya va boshqa kichik orollar (Kenguru, King, Flinders) kiradi. Avstraliya oblastining tabiiy sharoitlari uning iqlimi, geografik joylashuvi, rel’efining tuzilishi bilan bog’liq. Materikning shimoliy qismi tropik zonada joylashgan bo’lsa, markaziy qismi subtropik, janubiy qismi mo’tadil zo’naga to’g’ri keladi. Periferik qismida tog’ cho’qqilari joylashgan. Materikning markaziy qismida namlikni yetishmasligi ko’rinadi.
Avstraliya oblastining g’arbiy qirg’oqlari Darling va Viktoriya tog’lari bilan, sharqiy sohillari esa katta suvayirg’ich cho’qqilari bilan qurshab olingan. Avstraliyaning shimoliy-sharqiy qismiga (Kvinslend) va Tasmaniyaga ko’p miqdorda yog’in tushadi. Shuning uchun ham bu qismda o’rmonlar ko’p: shimoliy-sharqida tropik, undan janubroqda subtropik, keyin esa ninabargli-kengbargli o’rmonlar mavjud.
Avstraliyaning nam subtropik o’rmonlarida ulkan evkaliptlar o’sadi. Tasmaniyada notofagus buk daraxti va daraxtsimon paporotniklardan iborat keng bargli o’rmonlar bor.
Avstraliyaning janubiy-g’arbiy qismi nisbatan quruq bo’lib, siyrak o’rmonlar bilan qoplangan. Qit’aning qolgan qismi past bo’yli, dag’al bargli evkaliptlar va doimiy yashil akatsiyalar (masalan: skreb) yoki buta ko’rinishdagi sho’ralar bilan qoplangan o’rmonlarga egadir. Avstraliyaning katta qismini turli-tuman sahrolar egallaydi. Qum sahrolarida kseromo’rf turdagi dag’al bargli boshoqdoshlardan spinifeks va triodiya turkimiga mansub o’simliklar o’sadi.
Avstraliya oblastining hayvonlari faunasi uchun bir teshiklilar va xaltali sut emizuvchilar xosdir. Avstraliya oblastida quyidagi hayvonlar yashaydi:



Yüklə 256,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin