20-mavzu: Faunaning yoshi va genezisi toʼgʼrisidagi materiallar. Reja


Fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi va uni belgilovchi ekologik omillar



Yüklə 42,27 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü42,27 Kb.
#140125
1   2   3   4   5
20-mavzu Faunaning yoshi va genezisi toʼgʼrisidagi materiallar.-fayllar.org

Fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi va uni belgilovchi ekologik omillar

Yuqorida ta’kidlanganidek, faunaning tur tarkibi uning muhim belgilaridan biridir. Ko‘p hollarda fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi u egallagan hudud maydonining katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Buni turli faunalarning tur tarkibini o‘zaro solishtirish orqali aniqlash mumkin. Ayrim hollarda esa fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi u egallagan hudud kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, Palearktika viloyatining maydoni juda keng bo‘lishiga qaramasdan, uning faunasida turlar soni nisbatan kam bo‘ladi. Faunada tur sonining ko‘pligi ko‘pgina omillarga, jumladan faunaning yoshiga, shakllanish jarayonidagi va ayni vaqtdagi mavjud ekologik sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Faunada tur sonining ko‘pligi uning tarkibidagi endemik turlar, avlodlar, oilalar kabi sistematik birliklarning soni bilan baholanadi.


Faunaga xos xususiyatlarni baholashda uning boshqa faunalar bilan faunistik aloqalari ham muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, faunaning muayyan hududning o‘zida paydo bo‘lishi, shakllanish darajasi endemik tur yoki avlodlarning mavjudligini o‘zida aks ettiruvchi muhim belgidir. Faunani baholashda buni ham hisobga olish zarur.
Fauna tarkibidagi endemiklarning sistematik o‘rni qancha yuqori pog‘onani (oila, turkum, sinf) egallasa, fauna shu hududning o‘zida shakllangan, ya’ni shu hudud uchun xos bo‘ladi. Masalan, fauna tarkibida endemik turkum va oilalarning uchrashi faunaning alohidalashgan sharoitda uzoq muddat rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, fauna tarkibida faqat endemik turlar, ayniqsa kenja turlarning mavjudligi faunaning nisbatan yoshligidan va uning boshqa faunalar bilan bo‘lgan turli-tuman aloqalaridan dalolat beradi. Masalan, Avstraliya va Neotropik viloyatlar faunasi tarkibida endemik oila va avlodlar juda ko‘pchilikni tashkil etgan bir vaqtda, maydonining katta bo‘lishiga qaramasdan, Palearktika viloyatida endemik oila va avlodlar juda kam. Bu holat Palearktika viloyati faunasida turlar soni kamligi ko‘rsatadi.
Odatda, orollarning iqlimiy xususiyatlari va relefi materiklarga o‘xshash bo‘lsa ham, faunasi tarkibidagi turlar soni xuddi shunday kattalikdagi materiklar faunasidagi turlar soniga nisbatan doimo kam bo‘ladi. Turlar soni orollar materiklardan qanchalik uzoqda joylashganligiga qarab kamayib boraveradi. Orol faunalariga xos bo‘lgan tubdan farq qiluvchi xususiyatlar materiklardan olisda, okeanlarda joylashgan orollarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Pasxa, Galapogoss, Gavaya va boshqa orollarda shunday xususiyatlarni kuzatish mumkin. Bunday orollar faunasida turlarning juda kamligi faunaning materiklardan tasodifan keltirilgan yoki yaqin orollardan havo oqimi hamda suzib yuruvchi turli predmetlar orqali kelib qolgan hayvonlardan shakllanganligi bilan tushuntiriladi. Bu kabi orollarda ko‘pincha sutemizuvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va ilonlar bo‘lmaydi. Ba’zan butunlay alohidalanish natijasida orollarda o‘ziga xos xususiy turlar va kenja turlar paydo bo‘lishi mumkin. Gavayada nektarchi qushlarning 22 turi, Galapogoss orollarida darvin vyuroklarining uchrashi bunga misol bo‘lishi mumkin. Yangi yashash joyida nisbiy alohidalashgan sharoitlarning turlicha bo‘lishi, ularda dastlabki turdan bir necha turlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayon adaptiv radiatsiya deb ataladi va orol faunalari uchun xos bo‘ladi.
Orollarda odatda biotsenoz tarkibidagi turlar soni kam bo‘ladi hamda hayvonlar tomonidan foydalanilmayotgan hayot uchun zarur resurslar ko‘p bo‘ladi va umuman bo‘sh ekologik joylar mavjud bo‘ladi. Bu esa orollarning yangi turlar bilan egallanishiga sabab bo‘ladi. Bunday biotsenozlar egallanmagan biotsenozlar deb yuritiladi. Orollarda va shu kabi faunasida turlar kam bo‘lgan boshqa joylarda ko‘pincha relikt organizmlar saqlanib qolgan (Yangi-Zelandiyada gatteriya, Madagaskarda bir necha turdagi sodda primatlar). Tur sonining kamligi, ko‘pchilik turlar zichligining pastligi va faunaning alohidalashganligi sababli orol faunalari inson ta’sirida o‘zining birlamchi qiyofasi va xususiyatlarini juda tez o‘zgartiradi. Orol faunasidan tubdan farq qilgan holda, materiklar faunasida turlar soni ko‘p va zichligi yuqori bo‘ladi. Materik biotsenozlari turlar tomonidan to‘liq egallangan bo‘lib, mazkur turlar materikdagi mavjud kuchli raqobatli sharoitda yashashga moslashgan bo‘ladi. Shu sababli yangi turlarni materiklarga iqlimlashtirish (Avstraliya bundan mustasno) orollarga qaraganda katta qiyinchilik bilan kechadi.

Yüklə 42,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin