20-mavzu: Faunaning yoshi va genezisi toʼgʼrisidagi materiallar. Reja



Yüklə 42,27 Kb.
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü42,27 Kb.
#140125
1   2   3   4   5
20-mavzu Faunaning yoshi va genezisi toʼgʼrisidagi materiallar.-fayllar.org

Fauna yoshi va genezisi
Fauna uning tarkibiga turli vaqtda va turli yo‘llar bilan kirib kelgan, ekologik xususiyatlari juda xilma-xil bo‘lgan hamda kelib chiqishi o‘zaro farq qiluvchi turlardan tashkil topadi. Fauna tarkibidagi elementlar nafaqat geografik tarqalishi, balki yoshi (filogenez) bilan ham farqlanadi. Fauna yoshini aniqlashda, uning tarkibidagi turlar yoki avlodlarning yoshini va muayyan fauna tarkibiga kirgan vaqtini aniqlash muhim.
Qadimiy turlarning yoshini aniqlashda paleontologik dalillarga tayanib ish ko‘riladi va bunda ham turning absolyut yoshini aniqlash juda qiyin kechadi. Zoogeografik ma’lumotlar ham turning qadimiyligini yoki yoshligini aniqlashda bilvosita dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, qandaydir bir tur materikda hamda unga yaqin bo‘lgan orollarda uchraydi, agarda mazkur tur suv havzalarini kechib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lmasa, demak uning tarqalishi mazkur materikdan orollarning ajralishi yuz berishidan oldin sodir bo‘lgan degan xulosaga ega bo‘lamiz. Mabodo turning absolyut yoshini aniqlash imkoni bo‘lmasa, u vaqtda uning nisbiy yoshi aniqlanadi. Bunda turning yoshi uning evolyusion jihatdan mukammallik darajasi bo‘yicha, ya’ni tuzilishining soddaligi yoki murakkabligi bilan aniqlanadi. Soddalik ko‘p holarda turning nisbatan qadimiyligini belgilaydi.
Zamonaviy ekologik sharoitlarga muvofiqlik darajasidan kelib chiqqan holda, faunada bir necha kategoriyadagi turlar farq qilinadi. Bular progressiv, konservativ va relikt elementlardir. Progressiv turlar uchun muhitning zamonaviy sharoiti qulay bo‘lib, ularning zichligi juda yuqori, areali esa kengayish xususiyatiga ega bo‘ladi (biologik progress). Bularga progressiv endemiklar misol bo‘la oladi (baland tog‘larda yashovchi Oreomela avlodiga mansub bargxo‘r qo‘ng‘izlar turkumi). Shu bilan birga fauna tarkibiga boshqa viloyatlardan kirib kelgan va arealini kengaytirayotgan alloxton turlar ham progressiv elementlar hisoblanadi (rusak tovushqoni, mayna). Konservativ kategoriyaga esa har qanday faunada keng tarqalishga ega bo‘lgan ko‘pgina turlar tegishlidir. Ular o‘z areallarini kengaytirish yoki toraytirish xususiyatlariga ega emas. Ular asosiy biotsenozlarning barqaror komponentlari bo‘lib, turli yashash sharoitlariga yaxshi moslashgan va populyatsiya soni esa o‘rtacha tebranishga ega bo‘ladi. Bunday turlar hozirgi vaqtda mavaffaqiyatli taraqqiy etmoqda. Relikt kategoriyaga areali qisqargan yoki qisqarayotgan, taraqqiy davrini o‘tagan tur va avlodlar tegishlidir. Zamonaviy yashash sharoitlari ularning “ekologik talablariga” ko‘pincha mos kelmaydi. Relikt formalarning hozir vaqtda taraqqiy etish imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, bu holat ularning sonini qisqarishiga va arealini esa torayishiga sabab bo‘ladi. Shu kabi turlar alohida muhofazaga muhtojlik sezishadi.
Turning shakllanish jarayoni, tur arealining vujudga kelishi va yirik taksonlar areallarining shakllanishi muayyan taksonomik guruhning genezisi deb ataladi. Bir joyda paydo bo‘lgan, o‘xshash xususiyatli geografik genezisga ega turlar bitta geografik – genetik guruhni tashkil qiladi. Yer yuzasidagi faunistik komplekslar o‘simlik qoplamlari, hayvonlarning o‘zaro aloqalari bilan bog‘liq holda tarixan shakllangan bo‘lib, bu jarayonda ayniqsa, hayvonot dunyosining tarqalishida hududning abiotik omillari alohida o‘rin tutadi. Har qanday keng hududdagi flora va fauna o‘zining vaqt va makondagi genezisi bilan har xil, ya’ni geterogendir.
Faunistik tarkib o‘simliklar qoplamiga va nihoyat muhitning geografik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bu hayvonlarning tarqalishidagi zonallilik prinsipining asosini tashkil etadi. Geografik–genetik geterogenlilik va zonallilik prinsiplari yer yuzi faunasini zamonaviy zoogeografik rayonlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologik sharoitlar faunaning umumiy qiyofasini va unga tegishli turlar adaptatsiyasini belgilab beradi. Yangi faunaning tarkibida uchrovchi turlarning yoshi qadimiy bo‘lishiga qaramay bu fauna yosh hisoblanadi. Fauna yoshligi uning tarkibida turlar kamligini belgilamaydi, bu avvalo faunani shakllantiruvchi manbalarga bog‘liq bo‘ladi. Agarda bunday manbalar bir nechta bo‘lsa va qo‘shni faunalarda turlar soni ko‘p bo‘lsa, bunda yangi hududda aralash, turlar soni ko‘p bo‘lgan fauna shakllanadi. Yosh faunaga muz davridan hosil bo‘lgan Skandinaviya faunasini misol qilish mumkin.
Misol tariqasida O‘rta Osiyoning yer usti faunasi genezisini ko‘rib chiqaylik. O.L.Krjanovskiy (1965) qayd etishicha, O‘rta Osiyodagi ko‘pchilik hayvon guruhlari (qushlar, sutemizuvchilarning ayrim turkumlari) tarkibida endemiklar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu joyda tur endemizmi umumiy turtarkibining o‘rtacha 2/3 ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo hayvonot olamida endemizm foizi tog‘larda yashovchi hayvonlarda nisbatan yuqori bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, fauna genezisi (faunogenez)ni zamonaviy fauna tarkibidagi avtoxton va migrantlarning ishtirok etish hissasi bilan tushuntirish mumkin. Keng tarqalishga ega bo‘lgan turlarning juda ko‘p sonda uchrashi, endemizm foizining pastligi fauna genezisida migratsion jarayonlar ustunligini ko‘rsatadi. Aksincha, endemiklar sonining ko‘pligi va ayniqsa yuqori taksonlarda endemizmning mavjudligi, uzoq vaqt davomida mahalliy tur paydo bo‘lish jarayonlari ustun bo‘lganligidan dalolat beradi.

Yüklə 42,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin