2007 yilda toshkent- islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishining mazmun va mohiyati reja: 1



Yüklə 23,86 Kb.
səhifə1/8
tarix05.12.2023
ölçüsü23,86 Kb.
#138256
  1   2   3   4   5   6   7   8
2007 yilda toshkent- islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinis-fayllar.org


2007 yilda toshkent- islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishining mazmun va mohiyati reja: 1

2007 YILDA TOSHKENT- ISLOM MADANIYATI POYTAXTI DEB E’LON QILINISHINING MAZMUN VA MOHIYATI


Reja:


1. Toshkent- islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi
2.Usmon Mus’hafi qanday qilib o’zbekistonga kelgan.
3.Toshkent -Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingandan keyingi o’zgarishlar va o’tkazilgan tadbirlarning qonuniy asosi.
«TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI» – mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri. 2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Birinchi prezident Islom Karimov bu e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho», deb ta’rifladi.

Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–19-asrlar), Zangiota (14–20-asr), Xo‘ja Alambardor (19-asr), Shayx Xovandi Tohur (15-asr), Yunusxon (15-asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (19-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007 yil 14–15 avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonnning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.


Islom konferentsiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri — Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi.
Islom konferentsiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri — Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Butun Osiyo qit’asining vakili bo‘lgan Toshkent bilan bir qatorda arab dunyosidan Fes (Marokash) va Tripoli (Liviya) shaharlari, shuningdek, Afrika qit’asidan Senegal poytaxti — Dakar shaharlari ham Islom madaniyatining poytaxtlari, deb e’lon qilindi. O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.
Haqiqatan ham, mustaqil O‘zbekistonning poytaxti musulmon dunyosida o‘ziga xosligi, mahobatli madrasa va masjidlarining binolari, minglab nodir qo‘lyozmalarga boy bo‘lgan kutubxonalari, islom uyg‘onishi davrining buyuk ustalari, alloma va me’morlari ijodiga mansub namunalari ko‘z qorachig‘iday avaylab-asralayotgan muzeylari bilan butun dunyodan kelayotgan mehmonlarini hayratga soladi. Toshkentda Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, Ko‘kaldosh nomidagi madrasa va Birinchi prezident I.Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkent islom universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ta’lim muassasalari diniy ulamolar, dinshunoslar, islom huquqi va manbashunoslik, jahon iqtisodiyoti va informatika mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘z yo‘nalishi bo‘yicha MDH hududidagi yagona oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent islom universitetida juda ko‘p marotalab din va siyosat, bag‘rikenglik hamda zamonaviy dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiyalar, seminar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tgan.
Jahondagi minglab shaharlar orasidan aynan Toshkent 2007 yilda Islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb tanlandi. Toshkent nomzodining tanlanishida ISESCO birinchi galda respublika rahbariyatining o‘zbek xalqi madaniy va ma’naviy qadriyatlarini qayta tiklashga yo‘naltirilgan siyosati, shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan islom tsiviliza¬tsiya¬si yodgorliklarini himoya qilish va ko‘z qorachig‘iday asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar e’tiborga olindi.
Shuningdek, ISESCOning bunday to‘xtamga kelishi Osiyo qit’asidagi eng ko‘hna shaharlardan biri — boy madaniyatga ega bo‘lgan Toshkentning dunyo taraqqiyoti tarixida alohida o‘rin tutishi bilan izohlanadi.
TOSHKENT SHAHRI “ISLOM MADANIYATI POYTAXTI” DEB E’LON QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti — AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-mart kunidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, mamlakatimiz, xususan poytaxtimizning dunyo sivilizatsiyasi, islom fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yurtimizdagi ko‘lamli tarixiy o‘zgarishlarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar Dasturi 1-ilovaga, respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita Dasturda belgilangan tadbirlar keng jamoatchilik va chet ellardagi yirik olimlar va mutaxassislarning faol ishtirokida amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etiladigan xorijiy olimlar ro‘yxati va ularning ma’ruzalari yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
3. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda Dasturda belgilangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etsin.
4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Toshkent shahrining 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlarning mohiyati va ijrosini keng ko‘lamda yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi:
Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi berilishi munosabati bilan shahardagi islomiy obidalar, ziyoratgohlarda va ularning atrofida obodonchilik-ta’mirlash ishlarini;
shaharning diqqatga sazovor joylari, markaziy ko‘chalar, xiyobonlar, tadbirlar o‘tkaziladigan hamda tadbir ishtirokchilarining yashash joylarida bezash ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tadbirlar o‘tadigan joylar va ishtirokchilarning yashash joylarida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori talablariga rioya etilishini ta’minlash topshirilsin.
7. Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 23,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin