20,116-guruh talabasi Qurbonov Husanbekning “pul va banklar” fanidan Mustaqil ishi



Yüklə 10,7 Mb.
səhifə1/4
tarix15.12.2023
ölçüsü10,7 Mb.
#140902
  1   2   3   4
Mustaqil Talim Pul va Banklar

20,116-guruh talabasi Qurbonov Husanbekning “PUL VA BANKLAR” fanidan Mustaqil ishi.

  • FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
  • SIRTQI BO’LIM
  • “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Farg’ona 2023

I-Mavzu: Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli

Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud. Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat) ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi.


Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. Bozorda ishlab chiqarish vositalari pulga sotib olinib, ular yordamida yaratilgan tovarlar pulga ayirboshlanib, iste`molga o`tadi. Tovarlar shaxsiy iste`molgami yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarf etiladimi, baribir ularni harakatga keltiruvchi kuch puldir. Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda rerurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. Pulning insoniyat hayotidagi ahamiyati u bajarayotgan quyidagi vazifalarda o`z aksini topadi: Avvalambor, pul qiymat o`lchovi vazifasini bajaradi. Har qanday tovar ishlab chiqarilganda yoki xizmat ko`rsatilganda muayyan mehnat sarflanadi. Ana shu sarflangan mehnat bozor narxi orqali o`lchanib, pulda ifodalanadi. Tovarning bozordagi narxi orqali uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat va barcha sarf-xarajatlarning nafaqat miqdori, balki sifati ham o`z o`lchovini topadi. YAxshiroq xomashyodan tayyorlangan tovarning sifati ham, odatda, yaxshiroq bo`ladi va binobarin, uning qiymati ham yuqoriroq bo`lgani uchun yuqori narxda sotiladi. Bunday tovarlar o`z egasiga ko`proq daromad (ya`ni pul) keltiradi. Tovarning bozordagi qadri, uning xaridorgirligi va raqobatbardoshliligi ham pul orqali o`z ifodasini topadi. Bozorga chiqqan tovar qancha yuqori narxda va tez o`z iste`molchisini topsa, bu narsa shu tovarning sifati yaxshiligidan va uning xaridorgirligidan dalolat beradi. Hech qanday tovar pul kabi bozordagi mahsulotlar va xizmatlarning qadr-qiymati va bahosini o`lchab bera olmaydi. Pulning ikkinchi vazifasi (yoki funktsiyasi) uning muomala vositasi ekanligidir. Chunki pul yordamida tovarni sotish, uni pulga almashtirish va bu pulga yana boshqa tovar sotib olish mumkin. Pul yordamida tovarni tovarga ayirboshlash (barter) bartaraf etiladi, oldi-sotdi ishlari ma`rifatlashgan, madaniylashgan holda va yuqori samara bilan amalga oshadi. Va nihoyat, pul jamg`arish vositasi vazifasini bajaradi, chunki pul boylik shakliga kirib, o`z egasiga kerak bo`lganda, xarid etish vositasiga aylanadi. Pul qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish hamda saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi.
Pul iqtisodiyotning samarali amal qilishini ta`minlovchi vosita sifatida, avvalambor, o`zi sog`lom bo`lishi, ya`ni uning qadri-qiymati barqaror bo`lishi kerak. Sog`lom bozor iqtisodiyoti pulga bo`lgan talab va taklifni muvozanatda bo`lishini taqazo etadi. Ammo ushbu muvozanat buzilsa, ya`ni pul keragidan ortib ketsa, u qadrsizlanadi, iqtisodiyot kasallikka uchraydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pulning aylanish tezligi va narx o`rtasida uzviy bog`liqlik mavjud. Ishlab chiqarish o`smagan holda pul miqdori ko`paysa, bunga javoban narx oshadi. Agar ishlab chiqarish o`sib, pul ko`paysa, narx pasayadi. Kerakli pul miqdori faqat narxga qarab emas, balki iqtisodiyot ahvoliga va pulning aylanish tezligiga qarab belgilanadi. Iqtisodiy yuksalish yuz berganda, pul ko`p bo`lsa, uning tovar bilan ta`minlanishi ortadi, pul qadri tushmaydi. Ammo pul tez aylanib borsa, uning bir qismi ortiqcha bo`lib qoladi. Narxning pul miqdoriga ta`siri qisqa davrda sezilmaydi, uzoq muddatda namoyon bo`ladi. Agar pul miqdori iqtisodiy o`sishga monand ravishda ko`paysa, u qadrsizlanmaydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pul oboroti o`rtasidagi muvozonat buzilsa, inflyatsiya yuz beradi. Keragidan ortiqcha pul ishlab chiqarish natijasida narxlarning to`xtovsiz o`sishi va pul birligining qadrsizlanishi inflyatsiya deb ataladi. Inflyatsiya asosida, odatda, pul talabi bilan tovar massasining bir-biriga nomuvofiqligi yotadi. Tovarlarga va xizmatlarga bo`lgan talab tovar aylanish hajmidan oshib ketadiki, bu narsa tovar ishlab chiqaruvchilar va uni etkazib beruvchilarning sarf-xarajatlari qanchaligidan qat`iy nazar, narx-navoning ko`tarilishi uchun sharoit yaratib beradi. Davlat byudjetining taqchilligi (davlat sarf-xarajatlarining ortib ketishi), haddan tashqari investitsiyalash (investitsiyalar hajmining imkoniyat darajalaridan ortib ketishi) sharoitida ishlab chiqarishning o`sishi va mehnat unumdorligining ko`tarilishiga qaraganda ish haqi ko`proq o`sadi. Natijada talab bilan taklif o`rtasidagi muvozanat buziladi, pulning qadrsizlanish jarayoni sodir bo`ladi. Pul inflyatsiyasining sabablari asosan quyidagilardir. Birinchidan, ko`p hollarda Markaziy bank tomonidan noto`g`ri pul siyosatining o`tkazilishi va natijada tovarlar bilan ta`minlanmagan pulning muomalada paydo bo`lishi.

xULOSA


Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud. Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. 
Ikkinchidan, oddiy tovar aniq mehnat (etikdo`z, novvoy, dehqon, olim mehnati) mahsuli hisoblanadi. Pul ham aniq mehnat mahsuli, lekin ana shu mehnat natijasi (mahsulot yoki xizmat) ning sotishdan olingan ekvivalentdir. Uning iste`mol qiymati kishilarning muayyan jismoniy yoki ma`naviy ehtiyojlarini qondira olishda emas, balki tovarlar ayirboshlashda ishonchli vosita bo`la olish qobiliyatidadir. Inson hayotidagi muammolar ichida eng asosiysi pul topishdir. Aynan shu muammoni echish insonning barcha boshqa muammolarining aksariyatini hal etish kaliti hisoblanadi. Shuning uchun ham, ya`ni bosh muammoni hal qilish maqsadida odamlar tovar ishlab chiqaradilar, turli xizmat ko`rsatish bilan band bo`ladilar, ular bilan bozorga chiqadilar va boshqalar bilan iqtisodiy (pul) munosabatlarga kirishadilar. Bozorda ishlab chiqarish vositalari pulga sotib olinib, ular yordamida yaratilgan tovarlar pulga ayirboshlanib, iste`molga o`tadi. Tovarlar shaxsiy iste`molgami yoki ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarf etiladimi, baribir ularni harakatga keltiruvchi kuch puldir. Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda rerurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. Pulning insoniyat hayotidagi ahamiyati u bajarayotgan quyidagi vazifalarda o`z aksini topadi: Avvalambor, pul qiymat o`lchovi vazifasini bajaradi.

II-Mavzu: Pulning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari.


Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta'riflar va talqinlar mavjud bo'lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo'jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy - iqtisodiy sharoitning o'zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o'lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e'tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e'tibor qaratgan bo'lmasalarada, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko'tarib, unga «pul - bu muomalaning buyuk g'ildiragi», «savdo-sotiqning yuksak quroli» sifatida ta'rif beradi. D. Yum A. Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, «Pul bu - savdo - sotiqning g'ildiragi emas, balki u yog', shu savdo sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir degan fikrni bildiradi. Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e'tibor qaratishgan.
Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga «pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to'lovlarni amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi» deya ta'kidlaydi. 0'zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullayeva pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishblangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. «Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo'ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkim. Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu. Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda «Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qo'llaniladigan universal tovarning alohida turi bo'lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pulning maqsadi bozorga oid o'zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlari eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er. oldingi 384 - 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko'rish mumkin. Pul - iqtisodiy kategoriya bo'lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Shu bilan birga pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo'ladigan, hukumat tomonidan o'rnatiladigan to'lov vositasidir. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg'ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko'rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg'aradi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi.
Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi, moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo’lib xizmat qiladi:
-qadimgi davrda odamlar o’z ehtiyojini ortib qolgan iste’mol maxsulotlari turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo’lmaganligi bois ularni o’zlariga yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o’z – o’zidan odamlar o’rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo’lgan;
-keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonlama ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o’ziga zarur bo’lmagan buyumning o’rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo’lgan buyumlar, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va boshqa extiyojlarni qondirish natijasida ro’y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo’jalik tizimi davriga borib taqaladi.
Ma’limki, natural xo’jalik tizimidan ilgarigi davrda xar bir kishi kunlik extyoj uchun zarur bo’lgan maxsulotni mustaqil ravishda ishlab topganligi bois, ular o’rtasida ayirboshlash munosabatlariga extiyoj bo’lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil kishilar o’rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakillanishiga zamin yaratadi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha maxsulotni o’zi uchun zarur bo’lgan boshqa maxsulotga ayirboshlashga extiyoj seza boshlaydi. Ayirboshlash- bu kishilarning istak – xoxishlari va extiyojlari maxsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, buning natijasida, tomonlar extiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan vos kechib, zarur bo’lgan narsaning o’rniga berishdir. Ayirboshlash kishining extiyoji bo’lgan buyumga ega bo’lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv natijasida sodir bo’lgan jarayon bo’lib, “A” o’ziga tegishli tovar yoki xizmatni “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Modomiki ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga xam iqtisodiy jixatdan foydali bo’lib “A” tomon vos kechgan tovar yoki mahsulot o’rniga o’zi uchun zarur bo’lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
XULOSA
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan xisoblanadi. “Pul” deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo’lishi natijasida odamlar o’rtasida ayirboshlash bilan bog’liq ziddiyatlar va extiyojlarning bir biriga mos kelmasligi, kabi muommolar barxam topdi. Pulning vujudga kelishi , uning evolyutsion rivojlanishi , nazariyasi , moxiyati va funksiyalari xaqida xorijiy va maxalliy iqtisodchi olimlar , nazariyachilar , mutaxasislar juda ko’p ilmiy asarlar , maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o’rtasida ro’y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va xisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratadi.
Pul to’g’risida evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kotegoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingiliz iqtisodchi U.djevons iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o'tishgan. 50 -yillardagi darslikning avtori pulning mohiyatidan ko'ra uni iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta'sirini organish muhimroqdir deb ta'kidlashgan va ko'p chet el olimlari shu yo'nalishda ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda pul to'risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko'rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo'lishi mumkun. Yuqorida bayon etilganlardan ko'rinib turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o'zlarining yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish maqsadidan yiroqmiz. Haqiqatda ham bozor iqtisodiga o'tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko'ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta'sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o'ylaymiz .

Yüklə 10,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin