Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim turlari. Zamonaviy sharoitda ta‟lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko„ra shaxsni
rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo„naltirilishi talab qilinmoqda. O„zida ana shu imkoniyatlarni
namoyon eta olgan ta‟lim shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim deb nomlanadi.
Ushbu ta‟lim pedagog va ta‟lim oluvchi o„rtasidagi o„zaro munosabat
hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, o‟quvchini qadriyat sifatida e‟tirof etilishini uchun sharoit yaratadi.
Odatda shaxsga yo„naltirilgan ta‟lim texnologiyalarining quyidagi turlari
farqlanadi:
1. Modul ta‟lim texnologiyalari.
2. Muammoli ta‟lim texnologiyalari.
3. Interfaol ta‟lim texnologiyalari.
4. Individual ta‟lim texnologiyalari.
5. Masofaviy ta‟lim texnologiyalari.
6. Kompyuter ta‟lim texnologiyalari.
7. Hamkorlik ta‟lim texnologiyalari.
8. Loyiha ta‟lim texnologiyalari.
9. Dasturiy ta‟lim texnologiyalari.
10. Tabaqalashtirilgan ta‟lim texnologiyalari.
11. Rivojlantiruvchi ta‟lim texnologiyalari.
12. O„yin texnologiyalari.
13. Gender ta‟lim texnologiyalari.
14. Quvvatni tejovchi ta‟lim texnologiyalari.
Hamkorlik ta‟limi texnologiyalarining didaktik mohiyati.Zamonaviy
sharoitda hamkorlik ta‟limi, uni tashkil etish o„ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Hamkorlik ta`limi yo`nalishlari:
- ta`limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;
- oquvchilarga insonparvarlik g`oyalari asosida individual yondashish;
- ta`lim jarayonida kasbiy va ma`naviy birlikning qaror topishiga erishish.
Hamkorlik ta`limi texnologiyalari – o`quv jarayonida o`quvchilarning
jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda ozlashtirishlari, ozaro
rivojlanishlari,shuningdek,pedagog-o`quvchi(lar) munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ta`minlovchi talimiy xarakterdagi texnologiyalar.
Hamkorlik ta‟limi texnologiyalarining g„oyalari o„tgan asrning 80-yillarida
J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa
novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. HTT o‟quvchilarda
intellektual, ma‟naviy-axloqiy va jismoniy qobiliyat,qiziqish, motivlarni
rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. HTT
“Cooperative learning”dan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali
o‟quvchilarning jamoada faoliyat yuritish ko„nikmalariga ega bo„lishlarini
ta‟minlaydi.