Shaxsiy yondoshish deganda:
- u pedagogikaning tamoyili bo„lib, unga ko„ra pedagog o„quv – tarbiya ishlar jarayonida o‟quvchilarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim o‟quvchilar bilan individual model bo„yicha o„zaro munosabatda bo„lish, individual xususiyatlariga asoslanish;
- o„quv jarayonida o‟quvchilarning individual xususiyatini hisobga olish;
- barcha o‟quvchilarning rivojlanishigina emas, balki har bir o‟quvchiga alohida rivojlanish uchun psixologik–pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi.
O„qitishni individuallashtirish o„quv jarayonini tashkil etish bo„lib, unda o„qitish usullari, sur‟atini tanlash o‟quvchining individual xususiyatlari bilan bog„lanadi; individual yondashuvni ta‟minlovchi turli o„quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma‟muriy tadbirlardir.
Shunday qilib, didaktika bo„yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko„ra o„qitishni individuallashtirish o„quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O„qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnologiyalarida asoslab berildi:
Inge Untning o„qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;
A.S. Gransikayaning moslashuvchan o„qitish texnologiyasi;
V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o„qitish texnologiyasi.
Inge Untning o„qitishni individuallashtirish texnologiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o„qitishni individuallashtirishning muhim shakli o„quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o„quv vazifalari, joriy o„quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo„llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Granitskaya o„zining moslashuvchan o„qitish tizimini sinf-mashg‟ulot tizimida tashkil etish va unda tarbiyachi60-80% vaqtini o„quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Granitskaya metodikasining o„ziga xosligi uning mashg‟ulotni muayyan g„ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir: