Birinchi qism – barchani o„qitish; Ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o„quvchilarning mustaqil ishlari va o„qituvchining ayrim o„quvchilar bilan individual ishlashi, ya‟ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchi juft tarbiyachibo„lib ishlash, moslashuvchan ko„p qirrali vazifalar va b.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko„ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o„rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o„quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir o„quvchining qobiliyatiga qarab o„qitishga imkon beradigan olti darajadagi o„quv rejasi, dastur va metodik qo„llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko„ra kuchi etgan variantni tanlab olib, o„quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo„ldan chiqarmay birgalikda o„quv dasturini o„zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi, “ba‟zan” uni amalga oshirib bo„lmaydi, chunki u sinfdagi o„quvchilarning tenglashish, o„quvchilarning qobiliyati holatiga bog„liq bo„ladi.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e‟tibor berishga, barchaning kuchi etadigan, o„quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o„quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
Bu o„qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:
individuallashtirish o„qitish jarayoni strategiyasidir;
individuallashtirish–individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
barcha o„rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o„qitishdan foydalanishning mumkinligi;
individual ishlarni o„quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
individual sur‟atda, uslubda o„rganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi;
o„zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko„nikmalarni egallash individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;
oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo„linmasligi, irodaning sustligi kamchiliklarini qayd qilish va enga olish;
qobiliyatli va iste‟dodli o„quvchilarga nisbatan o„quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);
o„qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
umumiy o„quv malakalari va ko„nikmalarini shakllantirish;
o„quvchilarning o„z-o„ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
o„qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.
O„qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQSHda ishlab chiqilgan bu tizimda o„quv jarayoni ikki qismga bo„linadi:
Birinchi qism- butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism- individual mashg„ulotlar.
Bunday mashg„ulotlar unga zaruriyat sezgan o„quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me‟yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo„lishini ta‟minlash maqsadida o„tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya o„quvchilar bilan o„qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o„quvchilar bilan tarbiyachiyordamchisi shug„ullanadi.
Tramp rejasi – bu texnologiya AQSHda juda mashhur. Bu o„qitish shakllarining shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg„ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg„ulotlar bilan qo„shib olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o„qituvchilar, professorlar leksiya o„qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o„tkaziladi. Leksiya mashg„ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg„ulot 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo„q, kichik guruhlar ham doimiy emas.
Nazorat savollari: