2021 йил 16 январда 403 ва 401 да утди 15-Mavzu: Maktabgacha ta‟limda individuallashtirilgan ta‟lim texnologiyalari


-variant: Kichik guruhda ta‟lim olish



Yüklə 77,51 Kb.
səhifə18/33
tarix22.10.2022
ölçüsü77,51 Kb.
#118507
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
2-variant: Kichik guruhda ta‟lim olish. O‟quvchilar 4-5 nafardan bo„lib, 
kichik guruhlarga birlashib, blok holida berilgan o„quv materiali ustida ishlaydi. 
Har bir o‟quvchi material ustida alohida ishlaydi. So„ngra bir guruhdagi 
o‟quvchilar boshqa guruhlarga 1 nafardan bo„lib o„tishadi va o„zlari o„rgangan 
material bo„yicha ekspert sifatida tengdoshlariga ma‟lumot bergandan so„ng o„z 
guruhlariga qaytirib, tengdoshlaridan o„zlashtirgan ma‟lumotlar bilan o„z 
jamoasi a‟zolarini tanishtiradi. Bunda sheriklarni diqqat bilan tinglash, zarur 
ma‟lumotlarni o„z daftarlariga qayd etib borish talab qilinadi. Mashg„ulot 
so„nggida tarbiyachiistalgan o‟quvchidan o„rganilgan mavzu bo„yicha 
savollarga javob berishini so„raydi. 


3-variant. Juftlikda ishlash. O‟quvchilar juftliklarga bo„linadi. Har 
bir juftlik yaxlit mavzu bo„yicha alohida topshiriq oladi. Birgalikda ishlash 

asosida juftlik a‟zolari o„zlariga berilgan materialni o„zlashtiradi. So„ngra bu 

haqida jamoa oldida axborot beradi. 
Hamkorlik ta‟limi texnologiyalarini qo„llashda o‟quvchilardan quyidagilar 
talab etiladi: 
- sherigi va guruhdoshlari bilan hamkorlikka erishish; 
- faol ishlash, topshiriqqa nisbatan mas‟uliyatli yondashish; 
- sherigi yoki guruhdoshlariga ijobiy munosabatda bo„lish; 
- nafaqat o„z yutug„i, balki sherigi va guruhining muvaffaqiyati 
uchun javobgarlikni his qilish; 
- juftlikda va guruhda ishlash – jiddiy va mas‟uliyatli mehnat 
ekanligini his qilish. 


Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi. 

Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o„zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o„qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. 


Sh.A. Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning 

shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug„dirmoq; 


bolaning qalbi va yuragini ulug„lamoq; 
boladagi bilishga bo„lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish; 
keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug„dirmoq; 
 ideal tarbiya – bu o„z-o„zini tarbiyalamoq. 
Sh.A. Amonashvili o„zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi 
metodika va metodik usullardan foydalandi: 
insonparvarlik
 shaxsiy yondashuv; 
muloqot mahorati
 oila pedagogikasining qo„shimcha imkoniyati; 
o`quvfaoliyati. 

Sh. A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga 
ega. Baholardan foydalanish o„ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko„ra sifatli baholashga urg„u beriladi, ya‟ni tavsif, natijalar paketi, o„z-o„zini baholash. Bu texnologiyani Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o„qitishning an‟anaviy sinf-mashg‟ulot usulining hali 
ochilmagan katta imkoniyatlarini ko„rsatib berdi. 


Yüklə 77,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin