2022 ta’limiy lug‘at yaratish tamoyillari tursunov Jahongir


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 294,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.11.2023
ölçüsü294,2 Kb.
#135664
1   2   3   4   5   6   7
52 Tursunov Jahongir 387-393

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
391 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
boyligini aniqlash, shu tildagi so‘zlarni kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu 
kartotekalar asosida kerakli lug‘atlar tuzishni o‘z oldiga qo‘yadi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, kishilarning yodda tutib qolish qobiliyati naqadar 
kuchli bo‘lmasin, tildagi barcha so‘zlarni, ularning xilma-xil ma’nolarini esda saqlash 
mumkin emas. Shuning uchun ham kishilarning madaniy hayotida turli xildagi 
lug‘atlarning ahamiyati juda kattadir. 
Kishilarning ana shunday madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun (turli xildagi 
lug‘atlar tuzilgan va tuzilmoqda. Hozirgi kunda ikki tillik, ko‘p tillik tarjima 
lug‘atlari, izohli lug‘atlar, terminologik lug‘at, tarixiy lug‘at, etimologik lug‘at, chet 
tillardan o‘tgan so‘zlar lug‘ati, dialektologik lug‘at, frazeologik lug‘at, ideomatik 
kabi lug‘atlar kishilarning madaniy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda. 
Lekin bunday lug‘atlarning xilma-xilligi va turli maqsadlarda tuzilganligi foydalanish 
jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun keyingi paytda jahonda universal lug‘at 
tuzishning turli ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Buni axborot texnologiyalarining 
rivoji, kitobiy lug‘atlarga qaraganda elektron lug‘atlarning imkoniyati ko‘proq 
ekanligi va bunday lug‘atlar uchun lingvistik ta’minot ehtiyoji bilan izohlash 
mumkin. 
Jahonda universal lug‘at tuzish uchun bir qancha kopsepsiyalar mavjud. Lug‘at 
tuzuvchilar “Universal lug‘at” atamasini ham har xilda tushunishadi. Masalan, rus 
tilida maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan universal lug‘atda bir necha 
lug‘atlarlarning jamlanmasi tushinilgan. Unda boshlang‘ich maktab o‘quvchilari 
uchun beshta lug‘at turlari jamlanib nashr etilgan: orfografik izohli lug‘at, 
frazeolagizmlar lug‘ati, inglizcha va ruscha lug‘at hamda sinonim, antonim va 
omonimlar lug‘ati. Lug‘atning har bir qismi maktab dasturlari asosida ishlab 
chiqilgani ta’kidlangan. Lekin beshta lug‘at deb kiritilgan bo‘lsa-da, har bir qismda 
ikki-uch lug‘at turlarini birlashtirilgani ham ko‘ramiz. Masalan, orfografik va izohli 
lug‘at bir qismda, sinonim, antonim va omonimlar bitta qismda jamlanganini 
ko‘ramiz. Lug‘at illyustratsiyalar bilan boyitilgan. Jami 576 sahifadan iborat. Yana 
bir maktab o‘quvchilari uchun rus tilida 2009- yilda nashr etilgan universal lug‘at 
ma’lumotnoma (spravochnik) ko‘rinishida tuzilgan. Unda ham yuqoridagi kabi bir 
necha lug‘atlar jamlanib qo‘yilgan, xolos: orfografik, izohli, frazeologik, etimologik, 
so‘z yasalishi, sinonim, antonim va omonimlar lug‘ati. Lug‘at annotatsiyasida lug‘at 
noodatiy ko‘rinishda ekanligi, lekin ko‘p aspektli juda samarali o‘quv vositasi 
ekanligi ta’kidlangan. Lug‘at 752 sahifani tashkil etadi. Bulardan tashqari ham 
ko’plab maktab o’quvchilari uchun universal lug’atlar tuzilgan. Yuqoridagi kabi 
ko‘rinishdagi universal lug‘atlar faqat maktab o‘quvchilari uchun tuzilmay, balki 



Yüklə 294,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin