Preparat: Mushik talog’i.
Gematoksilin va eozin bilan bo’yalgan (21-rasm).
Preparat taloqning ko’ndalang kesimidir. Uni oddiy ko’z bilan qarab qizil rangga ega fonda
binafsha rangli yumaloq tuzilmalarni ko’ramiz. Bular oq pulpani tashkil qiluvchi taloqning limfa
follikullari (Malpigi tanachalari)dir. Taloq parenximasining butun
qolgan qismi qizil pulpa
deyiladi.
Preparatni kuchsiz ob’yektivda qarash, kapsulaning bir qismi va limfa follikullarini qamrab
oluvchi rasm chizish kerak. Taloqning kapsulasi (1) biriktiruvchi zich shakllanmagan to’qima va
silliq muskul hujayralarining aralashmasidan iborat. Kuchli ob’yektivda
kapsulaning yuzasi
taloqqa qorin bo’shlig’i zardob pardasidan o’tadigan mezoteliy (2) bilan qoplanganligi ko’rinadi.
Vertikal kesimda mezoteliy o’zaklari yalpoqlangan ensiz tasmacha ko’rinishida bo’ladi.
Kapsuladan taloq ichiga tomon trabekulalar (3) yo’naladi. Preparatda trabekulalar kapsuladan
ajraladigan joylarni topish qiyin emas. Trabekulalarning ba’zilari
taloq pulpasida ayrim-ayrim
kesimlar holida ko’rinadi, ular kapsulaniki kabi to’qimadan iborat. Malpigi tanachalari (4) butun
pulpa bo’ylab tarqalgan. Kuchli ob’yektivda ular limfotsitlarning retikulyar to’qimadagi
sharsimon to’plamlari ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Malpigi tanachalarining markazida
nisbatan ochroq bo’yalishi bilan ajralib turuvchi turli darajada ifodalangan reaktiv markazlar (5)
mavjud. Malpigi tanachalarida ko’pincha ko’ndalangiga, ayrim
hollarda qiyshiq kesilgan
markaziy arteriyalarning kesimlari (6) uchraydi.
O’z nomiga qaramasdan bu arteriyalar ko’pincha Malpigi tanachasida ekssentrik
joylashadi. Ba’zi Malpigi tanachalarida markaziy arteriya ko’rinmasligi mumkin, bu
tanachalarning qiyshiq kesilganligi bilan izohlanadi. Trabekulalarning kesimlarida qon tomirlari
ko’rinadi: trabekulyar arteriyalar (7) o’zining muskul devoriga ega bo’lsa, trabekulyar
venalarning (8) endoteliyi bevosita trabekula to’qimasidayotadi.
Kapsula, trabekulalar va Malpigi tanachalari oralig’idagi barcha joyni qizil pulpa (9)
egallaydi. U retikulyar to’qimada joylashgan va turli darajada qon bilan to’lgan
vena sinuslari
to’ridir. Qizil pulpada ko’plab eritrotsitlar ko’rinadi, lekin
odatdagi preparatlarda ular
tuzilishining detallarini aniqlab bo’lmaydi.
Mushikning talog’i. kuchsiz ob’yektiv 21-rasm
Nazorat uchun savollar
1. Qizil ilikda qanday jarayonlarboradi?
2. Oq pulpa va qizil pulpaga ta`rifbering?
3. Limfa tugunning darvozasi faqat qanday kesimlardako’rinadi?
4. Gemapoyez organlarga qaysi organlarkiradi?
5. Immunopoez organlarga qaysi organlar kiradi?