21-laboratoriya mashg`uloti: Qizil ilik, timus, taloq va limfa tuguni gisto-perparatlarini
o`rganish.
Reja:
1. Qizil ilik va timusning gistopreparatlarini mikroskopiya asosidao`rganish.
2. Taloq va limfa morfo-gistologik tuzilishi va axamiyatio`rganish.
Mashg’ulotining maqsadi: Mielopoez organi va timusning tuzilishi bilan tanishish; Qizil
ilik, timus, taloq va limfa tuguni preparatlarini o’rganish,
chizish va belgilash; Mustaqil ish -
qushlarning kloakal bursasini chizish va belgilash; endokrin bezlar (qalqonsimon
bez va
qalqonsimon bezoldi bezi)ni o’qib kelish; tavsiya qilinadigan ro’yxat asosida atamalar lug’ati
tuzish.
Kerakli jihozlar: Amaliy mashg’ulot ishlanmalari, hujayra va to`qimalardan tayorlangan
gistopreparatlar mikroskop, asbob-uskunalar, rasmlar, videoproyektor, kamerali mikroskop.
Tayanch iboralar: Qizil ilig, timus, eritropoez. miyelopoez, endoteliy, fagotsit, sinusoid
kapillyarlar, retikulyar to’qima, mikroskop, buyum oynasi, gematoksilin, eozin bo’yoqlari
Preparat:Quyoning qizil iligi.Litiyli karmin in’eksiya qilinib, o’zaklar gematoksilin bilan
bo’yalgan (18-rasm).
Material retikulyar to’qima va sinusoid kapillyarlar endoteliyining
fagotsitar funksiyasini
namoyish qilish maqsadida litiyli karmin in’eksiya qilingan hayvondan olingan. Preparatda
karminning qizil rangli zarralari uchun kontrastli fon hosil qilishda gematoksilindan
foydalanilgan.
Qizil ilikda eritropoez va miyelopoez jarayoni boradi. Ammo qo’llanilgan bo’yash
usuli
taraqqiy qilayotgan qon shaklli elementlari hujayraviy tarkibini analiz qilishga imkon
bermaganidan, organ tuzilishining umumiy o’ziga xosliklari bilan tanishamiz.
Kuchsiz ob’yektiv ostida, atrofdagi retikulyar to’qimada rivojlanayotgan qon yetishtiruvchi
elementlar o’choqlari joylashgan ko’plab sinusoid kapillyarlar ko’rinadi. Sinusoid
kapillyarlarning o’ng’ay kesimini topib, bunday qismni kuchli ob’yektivda o’rganish va chizish
kerak. Sinusoid kapillyarning keng teshigi (1),
undagi qon hujayralari, eritrotsit (2) va
leykotsitlar (3)ni belgilaymiz. Sinusoid kapillyarlarning endoteliyi (4) preparatlarda
endoteliotsitlar tomonidan fagotsitoz qilingan karminning qizil donachalari tufayli aniq ajralib
turadi. Har joy-har joyda endoteliyning o’zaklari (5) ajralibturadi.
Erkin yotuvchi hujayralar - makrofaglar (6) da ham karmin donachalari uchraydi.
Atrofdagi elementlardan segmentlangan yoki halqasimon o’zakli juda yirik (“gigant”)hujayralar
- megakariotsitlar (7) birinchi navbatda ko’zga tashlanadi.
Shakllanayotgan qon
elementlari orasida nisbatan yirikroq gemotsitoblastlar (8), mayda va kichik normablastlar (9),
o’zagi tayoqcha shaklidagi granulotsitlarni (10) farq qilish mumkin.
Mitoz bo’linayotgan hujayralar (11) uchraydi. Ushbu preparatda retikulyar sinsitiyni
ko’rish qiyin. Faqat har joy-har joyda retikulyar sinsitiyning yirikroq o’zaklari (12) yoki uning
to’rining uncha katta bo’lmagan qismlari ko’rinadi. Suyak iligining retikulyar to’qimasida doimo
yog’ hujayralari (13) uchraydi.
Ular qizil ilikda kamroq, sariq ilikda esa juda ko’p uchraydi.
Suyak iligining detallarini o’rganish uchun maxsus gematologik usullar bilan bo’yalgan
demonstratsion preparatlardan foydalanishga to’g’ri keladi.