21-mavzu: XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 116,24 Kb.
səhifə10/15
tarix24.11.2023
ölçüsü116,24 Kb.
#133787
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
21-mavzu XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston

«TARBIYAI AVLOD»
«Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo kurashning umumiy maydoniga o’xshaydi va bu maydonning pahlavonlari insonlardir. Har bir kishi barkamollik yoshiga etgach, u saodati ta’mini uchun shu maydonga kirmasdan iloji yo’qdir. Bu kurashda g’olib chiqish uchun uch xil o’lchov quroli (Sallohi massix) ga ega bo’lish kerak.
1. Salomatlik;
2. Sog’lom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod);
3. Axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqi poklik)».
Fitrat «Har bir kishi shu uch quroldan birisiz maydonga kirsa, albatta mag’lub bo’lishi tabiiydir», deb aytib, bu bilan uch tarbiyani doimo qo’shib olib borish kerakligini, agar bu tarbiyalarning birortasi kam bo’lsa, etuk kishi tarbiyalab bo’lmasligini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Yana aytadiki: «Agar har bir ota o’z farzandining badbaxt bo’lishini xohlamasa, uni bu maydonining g’olibi qilib tayyorlashi kerak. Farzandingizni jismoniy, aqliy, ruhiy tomonidan barkamollikka etkazing va jamiyatning qobil a’zosiga aylanishi uchun g’amxo’rlik qiling».
U bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat shug’ullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qo’lida bo’lishini ta’kidlab o’tadi. «Bolalarni barkamol qilib etkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama etuk inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi».
«TARBIYAI BADANIYA»
Fitrat jismoniy tarbiyaga kishining salomat va baquvvat bo’lib tarbiyalanishiga alohida ahamiyat beradi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unda inson uzoq yashaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga halal tegsa, u kishi ishdan qo’lini tortib boshqalarning muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm olishi bilan birga, ularning badan tarbiyasiga ahamiyat berishimiz lozimdir». Fitrat bolani tug’ilmasdan burun, ona qornidaligidanoq tarbiyani boshlab kerakligini o’qtiradi: «Hatto ibtidoiy daqiqalardan boshlab, ya’ni bola otasining pushtikamaridan ona jismiga o’tishi bilan onalar farzandining salomatligini muhofazasiga diqqat qilishi va uning ona qornida sog’lom bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Buning uchun onalar shu to’qqiz oylik homiladorlik davrida o’zlarini turli kasalliklarga duchor bo’lishidan saqlanishlari kerak. Chunki to’qqiz oy muddatga farzand ona qoni bilan tarbiyalanadi. Shuning uchun onalarni homiladorlik davrida har qanday jismoniy ishlardan ozod qilish, ularni parhez ovqatlar va to’yimli va foydali taomlar bilan ta’minlash eng muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Bola tug’ilgandan keyin modomiki, ularni parvarishi ona suti ekan, onalar o’z salomatliklarini muhofaza qilishlari va har qanday kasallikdan hazar qilishlari kerak. Agar ona kasallikka chalinsa, o’sha kasallik ona suti orqali farzandga ham o’tadi, ularning hayotini xatarga qo’yadi. Chaqaloqning ovqatiga ham juda diqqat qilish lozim. Odamning yashash vositasi bu ovqatdir, deb Fitrat bolalarga beriladigan ovqatlar turi, ovqatlanish rejimi haqida ham maslahatlar beradi. Shuning uchun o’z farzandlarimizga hamisha lazzatli va tez hazm bo’ladigan ovqatlarni muayyan bir vaqtda muqarrar berilishini ta’minlash lozim.
Intizomsizlik va bevaqt ovqatlantirish g’oyat tashvishli bir holat bo’lib, ko’p kasalliklarning sababchisidir. Bolalar yig’lamasin deb, ularning qo’liga bir parcha holva beradilar, bu ularning ovqatlanish qoidasini buzish demakdir va ular haqida zulm qilish bilan barobardir. Aksariyat bu odat go’daklarni yuksaklikka yoki halokatga olib keladi, deydi.
Keyinroq Fitrat bolalarning toza havoda bo’lishlari atrof, tabiat go’zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ham ahamiyat beradi va deydi: «Havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz turish mumkin emas. Shuning uchun go’daklarni hamma vaqt sof havoga bog’-chorbog’larga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlarning har taraflarida bolalar uchun chorbog’lar, havodor maydonchalar yaratilgan. Bulardan tashqari, ularning maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida maxsus maydonchalarda turli o’yinlar o’ynaydilar».
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o’yinlar katta o’rin tutishini ham aytib o’tadi. Ota-onalarga o’z bolalarining shunday o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlarini ta’min etishlarini maslahat beradi: «Harakat har bir kishi uchun ayniqsa bolalar uchun ham zarurdir. Shuning uchun bolalarni jismoniy chiniqtirishda ayrim o’yinlar bilan mashg’ul qilish foydalidir. Bolalarni o’yindan man etishning foydasi yo’qdir. Ularning bir joyda o’tishlari, harakat qilmasliklari ularni badanlarini zaif bo’lishiga olib keladi. Ota-onalar doimo o’z bolalarini o’yinga tashviq qilishlari lozimdir. Ammo bolalarning o’yinlari odob va axloq doirasidan chiqarmasligi kerak. Fitrat bu harakatli o’yinlar bolaning aqli, farosati, ilmini rivojlanishiga va to’g’ri axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu o’yinlar orqali bolaga hayotni o’rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya berish mumkin, asosiysi, bolani jismonan chiniqtiradi» deb biladi.
Fitrat yana bolalarning sog’lom, jismonan etuk bo’lishlari uchun tozalikning ahamiyatini juda kattaligini tushuntirib o’tadi: «Nazofat (tozalik) va pokizalik kattalar ham bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga egadir. Nazofat va pokizalik kattalar uchun qanchalik lozim bo’lsa, kichik bolalarga ulardan ko’ra o’n barobar zarurdir. Uning zarurligining ikki jihati bor. Avval bolalar kattalarga nisbatan oldinroq xastalik qobiliyatiga ega. Shuning uchun ifloslik har qanday bemorlikni keltirib chiqaradigan manba bo’lib, ifloslikni kattalarga nisbatan bolalarga o’n barobar ziyon etkazadi.
Ikkinchidan ular yoshlikdan boshlab pokizalikka o’rgatilsa, pokizalik bora-bora ularning odatiga aylanadi. Aksincha, yoshlikdan ifloslikka o’rgatilsa, katta bo’lganida ham shunday odatga o’rganadilarki, bu kishilarning nafratiga sazovor bo’ladi».
Muallif bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni o’rgatishni alohida ta’kidlab o’tadi: «Ota-onalar va muallimlar bolalarni har kuni yuzlarini sovunlab yuvdirsinlar, og’iz va tishlarini tozalab yuvsinlar, doimo liboslarini nazorat qilsinlar. Mumkin qadar bolalarni chivin va pashshalar bo’lmagan joylarga o’tkazsinlar. Chunki bu hashoratlar turli kasalliklarni tarqatuvchilardir».
Fitrat bunday ta’lim va tarbiyani, bolalarga yaxshi sharoitlar yaratib, ularning salomatliklari va yashashlari uchun g’amxo’rlikni faqat jadid maktablari berayotganini, lekin hukmron doiralar bu maktablarga qarshi chiqish bilan birga ular olib borayotgan ilg’or ta’lim-tarbiya usullariga ham qarshi chiqayotganini, bu maktab kofir maktabi deb, ularni faoliyat ko’rsatishga qo’ymayotganini ko’rsatib o’tadi. Shu bilan birga eski maktablarda buning aksi bo’lib, bolalarning salomatliklari ularning jismonan chiniqishlari uchun hech qanday sharoitlar yaratilmaganligini gapirib o’tadi:
«Bechora bizning bolalarimiz bu maktabda sof xayudan va oftob nurlaridan mahrumdirlar. Ular eski maktablarda qorong’u sinf xonalarida bo’yralar yoki xas-hashaklar ustida 8-9 soatlab o’tirib dars o’qiydilar, har kuni tayoq zarbidan va muallimning mushtidan boshlari yoriladi, oyoqlari xunolid bo’ladi, yuzlari ko’karadi. 8 yil maktabni o’qib chiqqach, mahbuslarga o’xshagan kasalmand, tanbal, zaif bo’ladilar, g’ayratsiz va iflosliklaricha qoladilar. Bu bizning maktablarimizning boshiga tushgan asosiuqubat hisoblanadi».
Keyinroq Fitrat fikr-aql tarbiyasi to’g’risida, ya’ni aql rivojlanishida muhokamaning roli haqida gapirib beradi.

Yüklə 116,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin