21-variant Talab



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/8
tarix25.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#134825
1   2   3   4   5   6   7   8
SHARIPOV NODIRJON AVAZXONOVICH

Zamonaviy instrumentariy
Moliyaviy instrumentlarning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun uning
instrumentariysini tashkil etuvchi jahon moliya bozori nazariyasi va amaliyotidagi mavjud zamonaviy konseptual tushunchalarga tayanish lozim.
Instrumentariy – bu moliyaviy instrumentlarning mazmunini to’liq ifodalovchi maxsus tizimlashtirilgan terminologiya bo’lib, bazaviy (tayanch) bo’lgan konseptual (nazariy) tushunchalar majmuasi sifatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, moliyaviy instrumentning zamonaviy tushunchasini avvaldagilariga asoslanib, lekin hozirgi zamon jahon moliya bozorining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib (1-chi bobga qaralsin), quyidagicha ta‘riflash mumkin: moliyaviy instrument – bu, umuman olganda, monetiza-tsiyalashgan real bazisga ekvivalent (―egiz-analog‖) qiymatga va hossalarga ega bo’lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni belgilovchi, shakllantiruvchi va rivojlanti-ruvchi, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimla-nishini ta‘minlovchi, muayyan hollarda ma‘lum shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo’ladigan ham investitsion kapital (aktiv, jamg’arma), ham to’lov vositasi, ham alohida moliyaviy tovardir.
Moliyaviy instrumentning ekvivalentlik hossasi bevosita va bilvosita, real va nisbiy bo’lishi mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda olish bo’lganligi uchun undagi har qanday faoliyat kapitalni (jamg’armani) orttirish sohasi ekanligi munosabati bilan ularning bozori – bir vaqtning o’zida kapitallarga qo’yilmalar uchun muljallangan bozor hamdir.
Pul mablag’lari moliyaviy instrumentlarning har qanday turiga qo’yilishi (yo’naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo’naltirilgan pul mablag’lari vaqt mobaynida o’z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo’lishi, ya‘ni foyda yoki zarar keltirishi mumkin.
Demak, moliyaviy instrumentlar o’z bozorida moliyaviy resurslar jarg’armachilardan (investorlardan) iste‘molchilarga tomon va aksincha yo’nalishda harakat qilishini ta‘minlovchi vosita.
25
Moliyaviy instrumentlar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga bog’liq7:
- moliyaviy instrumentlarning daromadlilik va risk darajasi; - moliyaviy instrumentlarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta‘minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentalitetiva tanlab olgan rivojlanish modeli; - makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning moliyaviy instrumentlar bozoriga ta‘siri va boshqalar.
Moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog’ozlar, bank kapitallari, boshqa turdagi moliya vositalari va mahsulotlari) monetizatsiyalashgan real bazis va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi maxsus samarali iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan bo’ladi.
Moliyaviy instrumentga hos quyidagi atributlarni keltirish mumkin:
- har bir turiga mos maqsad va funtsiyasi, bozori va undagi muomala mexanizmi;
- har bir turiga mos rekviziti, shakli, muddati, soni va narxi; - monetizatsiyalashgan real bazis bilan ta‘minlanganligi;
- har bir turining bozor parametrlari (indikatorlari);
- har bir turiga mos chiqaruvchilari va ularning instrument bo’yicha shartlari va h.k.
Ushbu atributlarning ohirgi uchtasi moliyaviy instrumentning o’z bozoridagi quvvat potensialini belgilaydi.
Moliyaviy instrumentning mazmuni uning bozordagi funksiyasi va roli, u bilan bog’liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlar asosida belgilanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin