#1. Tennis koptokchasi 180 cm balandlikdan yerga tushdi va yerdan qaytib koʻtarilayotganida, 5 dm balandlikda tutib olindi. Koptokchaning koʻchishini toping.
A) 175cm
B) 150 cm
+C) 130 cm
D) 12 dm
#2. Harakat tezligi 19 cm/s boʻlgan lentali transportyordagi yuk lentada 57 m surilguncha qancha vaqt oʻtadi (min)?
A) 8
B) 7
C) 9
+D) 5
#3. 270 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezd 3 daqiqada qancha masofani bosib oʻtadi (km)?
A) 5,4
B) 9
C) 27
+D) 13,5
#4. 216 km/soat + 40 m/s = ? (m/s)
A) 80
B) 90
+C) 100
D) 120
#5. Reaktiv samolyot 20 s davomida tezligini 360 dan 900 km/soat gacha oshirdi. U qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlangan?
A) 5
+B) 7,5
C) 10
D) 15
#6. Jism tinchlik holatidan tekis tezlanuvchan harakatlanib, uchinchi sekundda 15 m yoʻl oʻtdi. U toʻrtinchi sekundda qanday yoʻl (m) oʻtadi?
A) 18
+B) 21
C) 24
D) 30
#7. Ikkita samolyot bir-biriga tomon 900 km/h va 300 m/s tezlik bilan uchmoqda. Ularning bir-biriga nisbatan tezligi qanday (m/s)?
+A) 550
B) 50
C) 600
D) 200
#8. Qayiq daryo oqimi boʻylab 3 m/s tezlik bilan, oqimga qarshi esa 2 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Daryoning oqish tezligi qanday (m/s).
A) 0,25
+B) 0,5
C) 1
D) 1,5
#9. Moddiy nuqta aylana boʻylab 12 m/s chiziqli tezlik va 20 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanmoqda. U harakatlanayotgan aylananing radiusi qanday (m)?
A) 0,2
+B) 0,6
C) 1
D) 1,2
#10. Qaysi javobda vektor kattalik berilmagan?
A) koʻchish
B) tezlik
C) tezlanish
+D) yoʻl
#11. Velosipedchi doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi va 2 s davomida tezligini 10 m/s ga yetkazib, 16 m yoʻl oʻtdi. ni aniqlang (m/s).
A) 2
B) 4
+C) 6
D) 8
#12. Jism 5 m/s tezlik va 10 m/s2 markazga intilma tezlanish bilan aylana boʻylab tekis harakatlanyapti. Bu aylananing radiusi qanday(m)?
+A) 2,5
B) 2
C) 1,5
D) 1
#13. Ikki parallel temir yoʻldan uzunligi 80 m, tezligi 15 m/s boʻlgan yuk poyezdi va uzunligi 0,14 km, tezligi 25 m/s boʻlgan passajir poezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Passajir poezdi yuk poezdini qancha vaqtda (s) quvib oʻtadi?
A) 10
B) 12,5
C) 15
+D) 22
#14. Jism radiusi 1 m boʻlgan aylana boʻylab 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aylanish davrining yarmida jism oʻtgan yoʻlni va koʻchishini toping (m).
A) 6,28; 0
B) 3,14; 0
C) 6,28; 2
+D) 3,14; 2
#15. Quyidagi hollarning qaysilarida jismlarni moddiy nuqta deb hisoblab boʻlmaydi?
1) Yer quyosh atrofida orbita boʻylab harakat qilyapti.
2) Poyezd koʻprik ustidan oʻtmoqda.
3) Tokar stanogida detal yasalmoqda.
4) Toshkent – Moskva reysi boʻyicha samolyot uchmoqda.
5) Yer oʻz oʻqi atrofida aylanyapti
A) 1,5
B) 1,4
C) 2,3
+D) 2,3,5
#16. Jism 3 m radiusli aylana boʻylab harakatlanmoqda. Agar jism aylanani yarmini bosib oʻtsa, uning koʻchishini toping (m). (Tuzuvchi: Umar Rasulov)
A) 2
B) 3
C) 4
+D) 6
#17. Vertolyot 12 m/s tezlik bilan shimol tomon uchmoqda. Gʻarb tomondan 18 km/h tezlik bilan shamol essa, vertolyot qanday (m/s) tezlik bilan uchadi?
A) 17
+B) 13
C) 24
D) 20
#18. Moddiy nuqtaning aylanish chastotasi 8 Hz boʻlsa, 4 marta toʻliq aylanshiga qancha vaqt ketadi (s)? +A) 0,5
B) 2
C) 4
D) 1
#19. Moddiy nuqta koordinatasi (6; -2) boʻlgan nuqtadan koordinatasi (-3; 10) boʻlgan nuqtaga bordi. Uning koʻchishini toping.
A) 9
B) 81
C) 12
+D) 15
#20. Avtobus bekatdan 0,6 m/s2 tezlanish bilan harakat boshladi. Yarim minutdan soʻng u bekatdan qanday (m) masofada boʻladi?
A) 150
B) 210
+C) 270
D) 360
#21. 4 kg massali yuk osilganda, 10 cm uzunlikdagi prujina 2 cm choʻziladi. Uning bikrligi (N/m) qanday? g=10 m/s2.
A) 20
B) 200
C) 400
+D) 2000
#22. Ikki jismdan har birining massasini 2 martadan oshirib, ular orasidagi masofani 2 marta kamaytirsak, ularning oʻzaro tortishish kuchi qanday oʻzgaradi?
A) oʻzgarmaydi
B) 4 marta ortadi
C) 8 marta ortadi
+D) 16 marta ortadi.
#23. Uzunligi 1 m boʻlgan ipga bogʻlangan 0,1 kg massali yuk vertikal tekislikda 5 m/s tezlik bilan tekis aylantirilmoqda. Trayektoriyaning quyi nuqtasida ipning taranglik kuchi qanday (N) boʻladi?
A) 1,5
B) 2,5
+C) 3,5
D) 4,5
#24. Qirrasi 10,8 kg massali kubning qirrasidan uch marta kichik boʻlgan va oʻsha moddadan yasalgan kubning massasi qanday boʻladi (g).
A) 300
B) 360
+C) 400
D) 720
#25. Massasi 0,5 kg boʻlgan jismga 0,9 va 1,2 N oʻzaro tik kuchlar taʼsir qilsa, jism qanday tezlanish (m/s2) oladi?
A) 1,5
B) 2
C) 2,5
+D) 3
#26. Yerning tortish kuchi 16 marta kamayishi uchun kosmik kema Yerdan qanday balandlikda boʻlishi kerak? Yerning radiusi R ga teng.
A) 16R.
B) 8R.
C) 2R.
+D) 3R.
#27. Shar radiusi 2 ga teng boʻlsa, uning hajmini toping. ( )
A) 16
+B) 32
C) 48
D) 60
#28. Hajmi 2,5 m3 bolgan jismning zichligi 800 kg/m3. Uning massasini toping (t).
+A) 2
B) 2,5
C) 1,8
D) 2,8
#29. Har bir temir yoʻl sisternasining hajmi 25 m3. 600 t neftni tashish uchun nechta temir yoʻl sisternasi kerak? Neftning zichligi 800 kg/m3.
A) 20
B) 25
+C) 30
D) 50
#30. Jismga qoʻyilgan barcha kuchlarning teng taʼsir etuvchisini toping (N).