24 Topshiriq Davr xarajatlari tarkibi va hisobi



Yüklə 26,98 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü26,98 Kb.
#121399
Buxgalteriya ON


O’ktamov Azizjon I-80

ON


24 Topshiriq

1. Davr xarajatlari tarkibi va hisobi.
2. Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromadlar va xarajatlarni hisobda aks ettirish.

Javoblar:

1. Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek umumxo’jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan bog’liq bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog’liq bo’lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.



Davr xarajatlari buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan hisobga olinadi:
1. Mahsulotni sotish bilan bog’liq transport xarajatlari:
Debet 9410-«Sotish xarajatlari»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»
2. Reklama va marketing xarajatlari:
Debet 9410-«Sotish xarajatlari»
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
3. Boshqaruv xodimlariga hisoblangan ish haqi:
Debet 9420-«Ma’muriy xarajatlar»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
4. Umumma’muriy ahamiyatdagi asosiy vositalarga hisoblangan eskirish:
Debet 9420-«Sotish xarajatlari»
Kredit 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha
5. Auditorlik xizmatiga to’lovlar:
Debet 9430-«boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»
6. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo’yicha ko’rilgan zarar:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 9210-«Asosiy vositalarni chiqib ketishi»
7. Soliq idoralariga hisoblangan jarima:
Debet 9430-« Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)»
8. Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi:
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 9400-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»


2. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlar alohida daromad va xarajatlar guruhiga kiritiladi. Bu foyda va zararlar korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liq emas. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda alohida, zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (daromad) quyidagi: 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar», 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar», 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar», 9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar», 9550 -«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar», 9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» va 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schyotlarda hisobga olinadi.
Bu schyotlar tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning kredit aylanma tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishini, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydaning shakllanishi buxgalteriya hisobi milliy standartlari bilan tartibga solinadi. 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyotida pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Royalti - sotuvchiga (litsenziyalarga) litsenziya shartnoma buyumdan foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Olishga tegishli bo’lgan royalti va gonorarlar summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 4850-«Olinadigan royalti», Kt 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyoti. Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4850- schyot kreditlanadi. 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida O’zbekiston Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday daromadlar hisoblanganda 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari»- korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablag’laridan foydalanganligi uchun bank tomonidan o’tkazib berilgan summaga;
4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti - korxona tomonidan sotib olingan aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan dividendlar summasiga. Ushbu dividendlar hisob - kitob schyotiga o’tkazib berilsa, 5110-«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Yüklə 26,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin