Belgilangan tadbirlar.
|
Bajarish muddati.
|
1. Ovqatlarni ratsioniga, kaloriyasiga e’tibor bergan xolda "Taomnoma" tuzish, taomlarni to’g’ri tanlash turli xil salatlarni tanovulga berishga, sarflanayotgan ozik-ovqat mahsulotlaridan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratish.
|
Har kuni
|
2. Brakeraj komissiyasi ishlarini nazoratini kuchaytirish, hamda xujjatlarini qoida asosida yuritish. Sinamani o’z vaqtida olish va bir sutka davomida saqlanishini ta’minlash.
|
Muntazam
|
3. "Sifati tez buziluvchi mahsulotlarni qayd etish daftari"ni belgilangan tartib asosida yuritish.
|
Mahsulot kelganda
|
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan oziq-ovqat mahsulotlarini "Omborxonaga oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olish daftari"ga o’z vaqtida qayd etish, daftarni muntazam yuritish.
|
Mahsulot kelganda
|
5. Taomnoma tuzish uchun ovqatlar ratsioni, kimyoviy va energetik qiymatini aniqlash.
|
Har haftada
|
6. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari o’rnini qoplovchi mahsulotlardan o’z vaqtida foydalanish, "Taomnoma" tuzgandan so’ng alohida daftarga qayd etib borish.
|
O’z vaqtida
|
7. Oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilarini kayd etish daftarini o’z vaktida yuritish.
|
Har kuni
|
8. Oshxona, omborxonaning sanitariya holatini kunlik tozalov va zararsizlantirish ishlarini sifatli o’tkazish.
|
Har kuni
|
9.Ovqat tarqatish va tayyorlash jarayonlarida karantin qoidalariga rioya qilish.
|
Muntazam
|