Galileyning bilish nazariyasicha,sezgilarbilishning boshlanishidir, yuqori bosqichi esa aql faoliyati bilan tugallanadi. Miqdoriy hissiy tahlil uning ma’lumotlarini aqliy tiklash bilan davom ettiriladi. Galiley ta’limoticha, hodisalarni oddiy tavsiflash bilan to’xtamasdan, sababiy aloqalar, qonunlarni bilish darajasiga yetkazish lozim. Sababiy aloqani bilib olgandan keyin, noma’lum bo’lgan hodisalarni bilish mumkin. Galileyning ontologik va gnoseologik ta’limoti falsafa rivoji tarixida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.