3- amaliy mashg‘ulot mavzu: Til sathlari o‘rtasidagi uzviy alоqadоrliklar. Tilning fonetik –fonologik sathi. Nutqning fonetik bo‘linishi. Fonetik hodisalar Mavzu rejasi



Yüklə 37,12 Kb.
səhifə2/11
tarix19.09.2023
ölçüsü37,12 Kb.
#129077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Tilshunoslik asoslari (1)

Bo'g'in - so'zning nutqda alohida (ajratib) talaffuz qilish mumkin bo'lgan eng kichik bo'lagi.
So‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birini boshqalaridan ajratib, alohidalab kuchli talaffuz qilish urg‘u deyiladi.
Til boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli paydo bo‘lgan. Bu ehtiyojning kishilar jamiyat sohalari va inson faoliyatida yuz beradigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi tilda, birinchi navbatda, tilning lug‘at qismida o‘z aksini topadi. Demak, til tabiiy va biologik hodisa emas, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi.
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liq.
Til ijimoiy hodisadir. Ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanisi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.
Ko‘rinadiki, til o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir.
Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ichki qurilishini o‘rganishdir. Har qanday til fonetik tuzilishi, grammatik qurilish va lug‘at tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qismlari muayyan qonuniyatlar asosida o‘zaro bog‘lanib, butun tilni hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog‘langan tizimni tashkil etadi. Ichki qurilishi jihatidan til ma’lum miqdordagi o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab tizimdir. Til tizimini tashkil etuvchi birliklarning o‘zaro munosabati va bog‘lanish qonuniyatlari murakkab hamda ko‘p qirralidir. Garchi til yaxlit tizim bo‘lsa-da, bu tizim o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan, til tizimining tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar birligan iborat. Har bir sathning o‘z birliklari va tushunchalari bo‘lib, ular bir-biridan farqlanib turadi. Masalan, fonetik-fonologik sath lug‘at sathidan, lug‘at sathi grammatik sathdan farqlanadi. Ammo, ushbu sathlar o‘zaro bog‘liq ravishda butun til tizimini tashkil etadi.
Til sistеmasini tashkil etgan asоsiy yaruslar quyidagilar:
1. Fоnеtik-fоnоlоgik yarus.
2. Lug‘at yarusi.
3. Grammatik yarus.

Yüklə 37,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin