Shifokor - pedagogik kuzatuvi jarayonida jismоniy tаrbiya dаrsi va trеnirоvkа
mashqining tashkil etilishi, ishchi o`quv dasturlarining mavjudligi, o`tiladigan dars yoki
trеnirоvkа mashqining mavzusi, rejasi, dars mashg`uloti va trenirovka mashqida
harakatlanishning hajmi va tezligini to`g`ri rejalashtirilganligi, mashg`ulotning sifati,
mashg`ulotning harakat zichligi, fiziologik chizig`i, o’tkazilgаn sinamalar natijasi kabi
muhim masalalar aniqlanadi va baholanadi.
Shifokor - pedagogik kuzatuvining vazifalari.
Shifokor - pedagogik kuzatuvi jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e`tibor
qaratiladi:
1. Jismoniy tarbiya darsi va sport trenirovka mashg`ulotining to`g`ri tashkil etilishi
tekshiriladi va baholanadi.
2. Bitta dars yoki trenirovka mashg`ulotiga rejalashtirilgan harakat hajmi va tezligi
aniqlanadi va baholanadi.
3. Mashg`ulot hajmi va tezligi shug`ullanuvchilarning funksional imkoniyatiga
mosligi aniqlanadi va baholanadi.
4. Mashg`ulot davrida har bir mashqni (harakatni) takrorlanish soni aniqlanadi.
5. Har qaysi mashqdan keyin, dam olish vaqti aniqlanadi.
6. Mazkur mashg`ulotda bajarilgan, eng qiyin mashqlardan keyin, imkoniyatga
qarab 2-3 nafar shug`ullanuvchining kuch-quvvati, nafas olish, yurak-tomir tizimi
funksional holatining tiklanish vaqti aniqlanadi va baholanadi.
7. Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa shuki, tibbiy-pedagogik nazorat natijasida,
jismoniy tarbiya darsi yoki sport trenirovkasi mashg`ulotining rejasi, dasturi, o`tkazish
usuli shug`ullanuvchilar organizmining sog`lig`i va chiniqqanligiga mos yoki mos
emasligi aniqlanadi va baholanadi.
Shifokor - pedagogik kuzatuvida quyidagi masalalar sport vrachi tomonidan
aniqlanadi:
1. Mashg`ulot o`tkazilayotgan joy (bino yoki ochiq sport inshoati) ning gigiyena
talablariga mos yoki mos emasligi aniqlanadi.
2. Mashg`ulot o`tkazilayotgan sinf o`quvchilarining sog`liq guruhlariga
bo`linganligi, asosiy va tayyorlov sog`liq guruhlari o`quvchilariga berilayotgan mashq
turlari va hajmining farqlari aniqlanadi, baholanadi.
3. Mashq bajarayotgan o`quvchi - talabalarning ayrimlarida o`ta charchash,
zo`riqish belgilari yuzaga kelsa, berilgan mashqning turi va hajmi uning sog`lig`iga mos
emasligi sport vrachi tomonidan aniqlanadi, baholanadi.
Quyidagi masalalar trener (o`qituvchi) tomonidan aniqlanadi:
1. Shug`ullanuvchilarning chiniqqanlik darajasi;
2. O`quv-trenirovka jarayonini takomillashtirish masalalari;
3. Katta hajmda mashg`ulot bajargandan keyin shug`ullanuvchilar kuch-quvvati,
nafas, yurak-tomir funksional holatining tiklanish vaqti aniqlanadi va baholanadi.
Shifokor - pedagogik kuzatuvini o`tkazish usullari.
Shifokor - pedagogik kuzatuvi ikki usuldа o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: