2) umuman tananing qo‘zg‘atuvchi ta’sirga faoliyatini baholaydigan sinamalar
Nerv tizimi
Sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, nerv tizimining faol
holatini va nerv-mushak apparatini takomillashtiradi va oqibatda sportchi uchun
murakkab harakatlar ko‘nikmalarini o‘zlashtirish,
tezlikni rivoj toptirish, harakatlaming
muvofiqligi va h.k. larni o‘zlashtirish imkoni vujudga keladi. Ushbu tizimlar holatining
izdan chiqishi, toliqish va zo‘riqish paydo bolganligini tasdiqlaydi.
Sportchilarda nerv, ayniqsa markaziy nerv tizimining faoliy
hola tining tashxisi qator
hollarda maxsus asboblar yordamida tekshirishning cheklanganligi boisidan, jiddiy
qiyinchiliklar tug‘diradi.Nerv
jarayonining mutanosibligi, kayfiyatning turg‘un
chidamliligi, oila, dostlarga nisbatan o`zini tuta bilishi, mashqlar va munosabatlardagi
xulq-atvori bilan ifodalanadi. Nerv jarayonlarining
harakatchanligi, bir faoliyatdan,
ikkinchisiga o`tganda, oc`garadigan sharoitlarga moslashuv,
yangi texnik va taktik
usullar-ko`cnikmalami o`zlashtirish va uyquga ketish tezligi hamda uyquning chuqurligi
bilan belgilanadi.
Markaziy nerv tizimining faol holatini tashxis qilish uchun uyquning qanday ekanligini
bilishni aniqlash juda muhim hisoblanadi. Ushbu jarayon ikki bosqichga ajratiladi:
1)
asta-sekinlik bilan keladigani;
2)
tez orada yuz beradigani.
Uyquning asta-sekinlik bilan keladigan bosqichida quyidagi belgilar kuzatiladi:: 1) bosh
miyaning biopotensiallarining faolligini sekinlik bilan namoyon bolishi (uning
ifodalanishiga ko`ra mazkur bosqich bir necha bosqich ostiga taqsimlanadi);
2) harakat faolligi;
3) yurakning qisqarish soni kamayadi;
4) arterial qon bosimi pasayadi;
5) tana harorati tushadi;
6) moddalar almashinuvi susayadi;
7) tana mushaklari bo‘shashadi;
8) nafas olish yuzakilashadi;
9) tush ko‘rish soni kamayadi.
Uyquning tez orada yuz beradigan bosqichini ko‘pincha, notayin (paradoksal) uyqu deb
atalib, bu paytda quyidagi belgilar ko`zga tashlanadi:
1) bosh miya potensiallarining yuqori darajadagi faolligi;
2) ko‘z soqqalarining harakatchanligi;
3) mushaklar tonusi tarangligining susayishi;
4) mushaklaming qisqa vaqt mobaynida uchishi;
5) tush ko‘rish tez-tez yuz beradi.
Kechasi mobaynida uyqu bosqichlari davriy ravishda o‘zgarib, 3-5 (uch-besh) marta
qaytalanib turadi. Uyquning bir davrining davomiyligi 1,5-2 soatni tashkil etadi.
Voyaga yetgan yosh kishilarda uyquning asta-sekinlik bosqichi 75- 80 foizni, tez
bosqichi esa, 20-25 foizni tashkil qiladi.Ushbu uyqu
bosqichlarining izdan chiqishi,
uyquni buzilishiga olib keladi. Yuqori darajadagi hissiyot - tuygular, bezovtaliklar va
laqqa ishonishlik (vpechatlitelnost) bo‘lgan sportchilarda
uyquning kamligi va uning
sifat jihatdan buzilganligi bilan namoyon bo`ladigan uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Qisman uyqiisizlikning belgilari quyidagicha bo‘ladi:
1) uyquning yuzaki, chuqur emasligi;
2) kechqurn yoki kechasi uyg‘ongandan keyin qaytadan uyquga ketishning qiyinligi;
3) erta uyg‘onish.
Uyqusizlik sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1) nevrotik yoki asabiy izdan chiqishlar;
2) icliki a’zolar faoliyatini izdan chiqishi;
3) tashqi halaqitlar;
4) begona sharoit va boshqalar.
Uyqu jarayonining jiddiy izdan chiqishi -
Dostları ilə paylaş: