3 – mavzu: O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yozma manbalari



Yüklə 27,42 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü27,42 Kb.
#128313
1   2   3   4
3 – mavzu O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yoz

2.Vizantiya va yunon manbalari.
Bu manbalar ikkiga: 1) tarixiy kitoblar va 2) solnomalarga bo‘linadi. Tarixiy kitoblarda voqealar ma’lum tizimga solingan, tahlil etilgan va sof adabiy tilda bayon etilgan. Solnomalarda esa voqealar yilma-yil, qisqa tarzda bayon etilgan. Eng muhimi quyidagilar: Ammian Marsellin (mil. 330 - taxm. 400) - kelib chiqishi yunonlik, Rim tarixchisi. 353/363 yillarda forslarning germanlarga qarshi urushida ishtirok etgan, keyin Antioxiya (Shimoliy Suriya)da istiqomat qilgan, u yerdan Rimga ko‘chib borgan. Ko‘p jildlik “Manoqib” degan asar yozgan. Asar 31 jilddan iborat bo‘lib, Vizantiya imperiyasining 96/378 yillar orasidagi tarixini, imperiyaning boshqa mamlakatlar bilan, shu jumladan, Eron bilan olib borgan urushlari, saroydagi ur-yiqitlar, toju taxt uchun olib borilgan kurashlar haqida hikoya qiladi. Xususan, imperator Yulianning (363 y.) Eron ustiga qilgan katta harbiy yurishi haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Asar ko‘p jihatdan muallifning ko‘rgan-kechirganlari, voqealarning shohidi bo‘lgan kishilar bergan axborot asosida yozilgan va shu jihatdan asar qimmatlidir. Lekin “Manoqiblar” ning faqat 18 jildi (14/31 jildlari) saqlanib qolgan. Bu qismlarda 353-378 yillar voqealari o‘z aksini topgan. Ammian Marsellinning ushbu asari Kulakovskiy va Sopni tarafidan rus tilida 1906/1908 y. 3 jildda Kievda nashr etilgan; matni Gartxauzen tarafidan (2 jildda) Leypsigda 1874/75 y. chop qilingan.
Zosima Konstantinopolskiy (mil. V asr oxirlarida o‘tgan) - Rim tarixchisi. 6 kitobdan iborat “Yangi tarix” deb nomlangan asari bor. Unda Rim imperiyasining imperator Oktavian Avgust (mil. av. 27 - mil. 14) zamonidan to Rimning Alarix I tarafidan istilo etilguniga qadar kechgan tarixi bayon etiladi. Asarda Rim imperiyasining Arshakiylar (mil. av. 250 - mil. 224 y. Parfiyada hukmronlik qilgan sulola) va Sosoniylar bilan olib borgan urushlari tasvirlangan. Kitob yunon tilida yozilgan. Muallif g‘oyaviy qarashlari bilan majusiy, Eronga qarshi ruxda bulgan. Asar 1887 yil Leypsigda chop etilgan.
Prokopiy Kesariyskiy mil. 562 y.dan keyin vafot etgan - vizantiyalik tarixchi, imperator Yustin saroyida kichik davlat xizmatchisi: yurist-maslahatchi; Eroniylar va nemislarga qarshi urushlarda ishtirok etgan. O ‘zining “Urushlar” (8 kitobdan iborat; 503 y.da yozilgan) hamda “Qurilishlar haqida” (553-555 y.da bitilgan) kitoblarida imperator Yustinan (527/565) ni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Prokopiy Kesariyskiyning asarlari Vizantiyaning VI asrdagi ichki va tashqi siyosatini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi; rimliklarning (ular o‘zlarini vizantiyaliklar deb atardi) Eronga qarshi urushlarini batafsil bayon etgan. Muallif bu urushlarda shaxsan ishtirok etgan. Asarda Xusrav Anushirvon, Eronning ayrim davlat arboblari, saroyda amalda bo‘lgan qabul marosimlari haqida hikoya qiladi. Olim Yustinian va Xusrav Anushirvon olib borgan siyosatga tanqidiy qaraydi, ularni o‘ta ikki yuzlamachi odamlar deb ataydi; zolim sifatida ta’riflaydi.
Agafiy (536 - taxm. 582) - vizantiyalik shoir va tarixchi. Kichik Osiyoning Mirind shahridan. Oqlovchi bo‘lib xizmat qilgan. Vizantiya elchiligi tarkibida Eronda bo‘lgan (Xusrav I Anushirvon zamonida) va pahlaviy tilidagi ko‘pgina hujjatlarni qo‘lga kiritib qaytgan. Agafiy yunon tilida yozilgan “Yustinning podsholigi” degan kitob yozib qoldirgan. Asar beshta kitobdan iborat va Vizantiyada 552-558 yillar ichida bo‘lib o‘tgan voqealar, ya’ni uning gotlar, vandallar, franklar va forslar bilan olib borgan urushlari haqida hikoya qiladi. Agafiyning mazkur asari Vizantiyaning 552-558 yil tarixini o‘rganishda asosiy manba bolib xizmat qiladi. Bu asar yuqorida tilga olingan Prokopiy Kesariyskiyning “Urushlar” kitobining davomi hisoblanadi. Asar Eronning VI asr 50-yillaridagi tashqi siyosatini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, Eronning davlat muassasalari va Xusrav I haqida ham ma’lumotlar beradi. “Yustinning podsholigi"ning ruscha taijimasi 1953 y.da Leningradda chop etilgan.
Fsofilakt Simokatta - VII asrda otgan vizantiyalik tarixchi va davlat arbobi. Imperator Irakliy (610-641)ning maslahatchisi bo‘lib xizmat qilgan. Undan “Umumiy tarix” degan kitob qolgan. Asarda imperator Mavrikiy (582-602) davrida bolib o‘tgan voqealar xususida gap boradi. Xususan, Mavrikiy olib borgan urushlar tarixi bayon etiladi. Asarda Eronning ichki hayoti, shuningdek, turklar va boshqa xalqlar haqida e’tiborga molik ma’lumotlar bor. Asar 1887 yilda lotin tilida va rus 1987 yilda tilida Moskvada “Istoriya” nomi bilan chop etilgan.

Yüklə 27,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin