3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni


-Bob.YUNESKO va O`zbekiston Respublikasining xalqaro-huquqiy hamkorligi masalalari



Yüklə 123,03 Kb.
səhifə7/10
tarix10.12.2023
ölçüsü123,03 Kb.
#138788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro t-www.fayllar.org

2-Bob.YUNESKO va O`zbekiston Respublikasining xalqaro-huquqiy hamkorligi masalalari
2.1.YUNESKO-BMTning ixtisoslashgan muassasasi
YUNESKO-Birlashgan Millatlarning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Tashkiloti-BMTning ixtisoslashgan muassasalaridan biridir. YUNESKO Ikkinchi Jahon urushidan so`ng, 44 davlat vakillari Londonda konferentsiyaga yig`ilib, YUNESKOni ta'sis etuvchi Ustavini qabul qilishlari bilan tashkil topgan. YUNESKOning amaliy faoliyati 1946 yil 20 noyabrdan boshglangan. Qarorgohi Parij. Tuzilish davrida 28 davlat a'zo bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda unga 186 ta davlat a'zo. YUNESKO yarim asr ichida eng katta nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi. O`zbekiston Respublikasi 1993 yil 29 oktabrda YUNESKOga a'zo bo`ldi.
YUNESKOning asosiy maqsadi- tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, ta'lim, fan va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilishdir. YUNESKO Ustavi bo`yichaYu “BMT Ustavida e'lon qilingan irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga” ko`maklashish tashkilotining ustivor vazifasidir.
YUNESKO umumjahon intellektual tashkiloti, g`oyalar yaratuvchisi, kurramizning eng yaxshi mutafakkirlarining hamkorligi tashkilotchisi, oliy umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilish markazidir.
YUNESKOning rahbar organlari quyidagilardan iborat.
Bosh konferentsiy. Bu organ barcha davlatlarni o`z ichiga oladi va har ikki yilda bir marta bo`lib o`tadi.Bir davlat-bir ovoz tamoyili asosida asosiy dasturlar va YUNESKO byudjeti bo`yicha qaror qabul qiladi.
Ijroiya Kengash. Undan 58 davlat vakili joy olgan bo`lib, har yili ikki marotaba yoig`iladi. Bu o`ziga xos ma'muriy kengash bo`lib, bosh konferentsiya yig`ilishlarini tayyorlaydi, uning qarorlarini to`g`ri ijrosini ta'minlaydi. 1997 yilda O`zbekiston YUNESKOning Ijroiya Kengashiga a'zo bo`lib saylandi.
YUNESKO kotibiyati a'zo davlatlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni hayotga tadbiq qilishga majbur.
YUNESKOda eng yuqori mansabdor shaxs Bosh deriktor bo`lib, Bosh konferentsiyada olti yilga saylanadi.
YUNESKO Ustaviga ko`ra a'zo davlatlarda shu davlat hukumatlari tomonidan Milliy komissiyalar tuziladi.
YUNESKOga a'zo 177 davlatda YUNESKO ishlari bo`yicha Milliy komissiyalar tuzilgan bo`lib, ular ta'lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya vakillarini YUNESKO faoliyatida qatnashishlariga yordamlashish bilan shug`ullanadilar.
YUNESKO ta'lim, uning demokratlashuvini, shuningdek mamlakatlar o`rtasida muloqotlar va madaniy almashishlarni, ko`rgazmalar, festivallar tashkil etishni, nashrlar kitoblar va shu kabi masalalarni o`zining birinchi galdagi vazifalari sifatida qaraydi.1
YUNESKO eng yaxshi jahon adabiyoti asarlarini tarjima qilishga jahonning turli mamlakatlari xalqlarining an'anaviy muloqotlarini yozishga yordam beradi. OITS ga va narkotiklarni iste'mol qilishga qarshi kurash bo`yicha o`qitish va targ`ib qilish ishlarini olib boradi.
”YUNESKO” ma'naviy uyg`onish yo`liga kirgan ko`plab mamlakatlarga, jumladan, O`zbekistonga ham xalqaro ma'naviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash uchun, butun jahon intellektual maydonida yanada kengroq faoliyat ko`rsatish uchun imkoniyat yaratib borayotgan tashkilotdir.”2
Adabiyotlarda xalqaro huquq ijodkorlik faoliyatini ifodalash uchun turli huquqiy iboralar qo`llaniladi. Bu kabi iboralar qatoriga “xalqaro huquq ijodkorligi”, “xalqaro huquq normalarining yaratilishi” va boshqalar kiradi.
YUNESKOning huquq ijodkorlik yo`li keng doirasida tan olingan uning bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan xalqaro-huquqiy hujjatlar. XX asrning ikkinchi yarmidan buyon xalqaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etmoqda, misol sifatida YUNESKOning quyidagi muhim hujjatlarini xronologik tartibda sanab o`tish mumkin.
1.Ta'lim, ilmiy va madaniy xarakterga ega bo`lgan ko`rgazmani-tovush materiallarni xalqaro miqyosda tarqatishga ko`maklashish to`g`risida Kelishuv.(1948 yil)
2.Ta'lim, ilmiy va madaniy xarakterga ega bo`lgan materiallarni olib kirish to`g`risida kelishuv.(1954)
3.Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarning himoya qilish to`g`risidagi konferentsiya (1954)
4.Mualliflik huquqi bo`yicha umumjahon konferentsiyasi (1955)
5.Ta'lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to`g`risida konferentsiY.(1960)
6.Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to`g`risidagi konferentsiya (1972)
7.Xalqaro hamjixatlik, hamkorlik va tinchlik ruhida hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish ruhida tarbiyalash to`g`risidagi tavsiya (1974)
8.Irq va irqiy bidatlar to`g`risidagi dekloratsiya (1982)
9. Bag`rikenglik tamoyillari dekloratsiyasi (1995)
10. Inson genomi va Inson huquqlari bo`yicha Universal dekloratsiya (1997)
11.Kelajak avlod oldida hozirgi avlodning javobgarligi bo`yicha dekloratsiya (1997) va boshqalar.
YUNESKOning norma ijodkorlik funktsiyasi ikki xil ko`rinishda aks etadi:
Birinchidan: tashkilot davlatlarining huquq ijodkorligi jarayonida ishtirok etadi, ikkinchidan esa uning o`zi bevosita xalqaro munosabatlar ishtirokchilari uchun huquqiy majburiy tartib-qoidalar o`rnatadi. YUNESKOning norma ijodkorlik faoliyati yetarli darajada o`rganilmagan.1
YUNESKOning yarim asrlik faoliyati mobaynida bevosita u tomonidan va u rahnomoligida 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar –konferentsiyalar, kelishuvlar, protokollar, tavsiyalar, dekloratsiyalar shuningdek uzoq muddatli yirik hukumatlararo dasturlar va loyixalar tashkilotning tashqi aloqalari va hamkorligini qabul qilingan dasturplar rejalarni amalga oshirish bo`yicha boshqa ko`plab me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
YUNESKOning norma ijodkorligi faoliyati uning Ustavi qoidalari shuningdek Bosh konferentsiyaning xalqaro hujjatlarni ishlab chiqish shuningdek ularni bajarish to`g`risida qarorga asoslanadi. Bevosita bu masalalarga tegishli qoidalar YUNESKO Ustavining 1-modda “a” bandida IV moddaning 6 bandidla va VIII moddada berilgan.
YUNESKO Bosh konferentsiyasi tomonidan 1990 yilda ta'kidlangan. 1978 yilda xalqaro reglamentlarni ishlab chiqish imkoniyatlariga tegishli oldindan tadqiqotlar o`tkazishning tartibini belgilab beruvchi alohida qo`shimcha rezolyutsiya qabul qilingan. Bundan tashqari konventsiyalar va tavsiyalarning va tavsiyalarning bajarilishiga taaluqli bo`lgan masalalar bo`yicha Bosh konferentsiyaning qator qarorlari mavjud bo`lib ular Ustavda nazarda tutilib YUNESKO ixtiyoriga taqdim etiladigan davlatlarning ma'ruzalari to`g`risidagi qarorlardan iborat va ushbu qarorlar 1958-1966 yillarda qabul qilingan. Ular to`g`risidagi yig`ilgan axborotlar. Bosh konferentsiyaning har bir keyingi sessiyasi materiallarida to`plangan.
Tashkilotga aytib o`tilgan xalqaro hujjatlardan tashqari yetarli darajadagi harakatdagi normativ hujjatlar mavjud bo`lib ular statutlar direktivalar ustav asosida boshqa tashkilotlar YUNESKO ishlari bo`yicha a'zo davlatlari va boshqalar bilan aloqada bo`ladigan rahbar xodimlar va amalga oshiruvchi xarakatdagi tuzilmalarga nisbatan tartibdagi reglamenlashtiradi. Yana YUNESKO va BMT o`rtasidagi YUNESKO va qarorgoh joylashgan mamlakat Frantsiya o`rtasidagi bitimlar kabi tashkilotgi ishlashi uchun bazaviy hujjatlarni ham e'tiborga olishi kerak. Bu hujjatlarning barchasi normativ faoliyatning yo`nalishlari doirasi va asoslanganligi to`g`risidagi manzarani to`ldirish uchun yodga olingan.
Xalqaro tashkilotlarning sanktsiyalari, ularning ta'sis hujjatlarida, ustavlarni bajarish uchun tuzilgan shartnomalarda xalqaro ommaviy huquq normalarini o`z ichiga olgan organlari qarorlarida shuningdek odatiy-huquqiy kelib chiquvchi bo`lishi mumkin. Xalqaro huquq buzilishi xalqaro tashkilotlarning sanktsiyani qo`llashi uchun asos hisoblanadi. Tashkilotning ustavida keltirilgan uning maqsadlari va printsiplarining buzilishi boshqa tashkilot bilan bog`langanligi bo`yicha har qanday majburiyatlarini bajarmaslik va boshqa huquqbuzarliklar ichida muhimroq hisoblanadi.

Yüklə 123,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin