3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni


O‘zbekiston YUNESKOning to`la huquqli a'zosi



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə8/10
tarix10.04.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#125096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BMT va O\'zbekiston munosabatlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2. O‘zbekiston YUNESKOning to`la huquqli a'zosi
1992 yil 2 martda O`zbekistonning BMTga a'zo bo`lishi O`zbekiston uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi, chunki davlatlarning xalqaro-huquqiy tan olinishi ularning xalqaro-huquq sub'yektiga aylanishida muhim bosqich bo`lib xizmat qiladi. Respublika Xalqaro munosabatlarning to`laqonli ob'yektiga aylanadi. O`zbekiston o`zining tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustivorliklardan kelib chiqadi:
Birinchidan, o`zining milliy davlat manfaatlari ustun bo`lgan kabi o`zaro manfaatlarini to`liq hisobga olish;
Ikkinchidan, O`zbekiston insonlar va davlatlar orasidagi o`zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustivorligini tan olgan holda xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo`l bilan bartaraf etishni yoqlab chiqmoqda.
Uchinchidan, O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati o`zaro tinchlik, o`zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik printsiplariga, mustaqillikni va suverenitetni hurmat qilish qoidalariga asoslangan. Xuddi shunday printsiplar O`zbekiston Respublikasining YUNESKOga nisbatan munosabatlarida ham qo`llaniladi.1
YUNESKO Ustaviga binoan har bir davlatning bu tashkilotdagi ishtiroki hamda rahbar organlarning huquqiy maqomi ko`rastib o`tilgan.
YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan ko`plab xalqaro konventsiyalarning asosiy vazifasi madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan bo`lib, O`zbekistonning ularga qo`shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan huquqiy himoya qilinishiga va ularni keng targ`ib qilishga imkon beradi.
YUNESKOning normativ-huquqiy hujjatlariga qo`shilishi O`zbekistonning ilmiy salohiyati, fani, madaniyati, tarixiy durdonalarini targ`ib qilishga va bu sohadagi ishlarning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib beradi, bu sohadagi qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga , umuman ta'lim, fan, madaniyat, Kommunikatsiya va informatika sohasida O`zbekistonni yanada rivojlantirib, jahondagi eng ilg`or mamlakatlar qatoriga qo`shilishiga yordam beradi.
Shuningdek, O`zbekiston a'zo bo`lgan YUNESKOning normativ hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilib, nashr etish, bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo'lib turgan bir paytda yirik xalqaro tashkilotlarning o'rni hamda ahamiyati tobora yuksalib bormoqda. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi xalqaro munosabatlarda fan, ta'lim va madaniyatning ishonchli himoyachisi bo'lmish YUNESKOning jahon tashkilotlari orasidagi obro'-e'tibori va nufuzi ancha yuqori hisoblanadi. 1946 yilning 4 noyabrida tashkil etilgan YUNESKO BMTning eng yirik tayanchi va qanoti desak, mubolag'a bo'lmaydi. Uning aynan BMT tuzilganidan bir yil o'tib, dunyo yuzini ko'rganiyoq, fikrimizning yaqqol tasdig'idir.
Tashkilotning asosiy maqsadi jahon xalqlarining fan, ta'lim va madaniyat sohalaridagi hamkorligini kengaytirish asnosida dunyoda tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashga ta'sir ko'rsatishdan iboratdir. Buni YUNESKO dasturlaridan o'rin olgan qator yo'nalishlar orqali ham anglab olish mumkin. Jumladan, jahon madaniyatiga, ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga ko'maklashish, milliy madaniyatlarning royobga chiqishini qo'llab-quvvatlash, dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash va kengaytirish, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarning kommunikatsiya imkoniyatlarini oshirishga yordamlashish, inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga xizmat qilish kabi ko'plab muhim vazifalarga mazkur tashkilot ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Ma'lumki, YUNESKO Bosh direktori olti yil muddatga saylanadi va uning vakolati faqat bir marta yana olti yilga uzaytirilishi mumkin. YUNESKOning hozirgi Bosh direktori yaponiyalik taniqli diplomat Koichiro Matsuuradir. Umuman, YUNESKO tashkil etilganidan buyon unga to'qqiz kishi Bosh direktor bo'lgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng birinchilardan bo'lib, 1993 yil 26 oktabrda YUNESKO bilan diplomatik aloqalar o'rnatdi va shu kunga qadar uning tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. "Biz YUNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladigan o'ziga xos, betakror xalqaro tashkilotni ko'ramiz", degan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. Darhaqiqat, YUNESKO ma'naviy va yuksalish yo'liga kirgan ko'plab mamlakatlarga, shu jumladan, O'zbekistonga ham xalqaro ma'naviy, madaniy, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda mustahkamlash uchun, butunjahon intellektual maydonida yanada kengroq faoliyat ko'rsatishi uchun imkoniyat yaratib berayotgan yirik tashkilotdir.
O'zbekiston YUNESKOga a'zo bo'lganidan so'ng yurtimizda ushbu tashkilot ishlari bo'yicha Respublika Milliy komissiyasi tuzildi. O'tgan vaqt davomida mamlakatimiz YUNESKOning eng faol a'zolaridan biriga aylandi. Tarixiy obidalarimiz, qadimiy shaharlarimiz, yozma va og'zaki xalq ijodiyoti, umuman, o'zbek xalqining boy merosiga va O'zbekistondagi islohotlar jarayoniga YUNESKOda qiziqish katta.
1995 yili YUNESKOning "Ipak yo'li - muloqot yo'li" dasturi doirasida Samarqandda mintaqamiz sivilizatsiyalari tarixini o'rganadigan Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti ochildi. E'tiborlisi, O'zbekiston Respublikasi 1997 yilda ilk bor, joriy yilda esa ikkinchi marta YUNESKOning oliy rahbarlik organi - Ijroiya Kengashi a'zoligiga saylandi. Bu ham o'zaro hamkorlikka berilgan munosib baho va mamlakatimiz nufuzining e'tirofidir.
YUNESKO rahbarligida va u bilan yaqin hamkorlikda respublikamizda ko'plab madaniy-ma'rifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar o'tkazilib, samarali islohotlar olib borilmoqda. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Muhammad Ismoil al-Buxoriy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin Marg'inoniy, Imom Abu Mansur Moturidiy kabi buyuk bobokalonlarimizning, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg'ilon, Toshkent shaharlarining, "Alpomish" dostoni, "Avesto" va Xorazm Mamun akademiyasining yubileylari YUNESKO ishtirokida keng nishonlandi.
Yurtimizda tashkil etiladigan qator ilmiy-madaniy anjumanlarda, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ham YUNESKO vakillari qatnashishdi. "O'zbekiston madaniyati va san’ati forumi" jamg'armasi mazkur tashkilot bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Shuningdek, ayrim yirik bayramlar O'zbekiston bilan birga YUNESKOning bosh qarorgohi joylashgan Parij shahrida ham o'tkaziladi.
Prezidentimiz 1996 yilning aprelida Fransiyaga tashrifi chog'ida YUNESKO Bosh qarorgohida bo'lib, Ijroiya Kengashi a'zolari bilan uchrashdi, Sohibqiron Amir Temurning 660 yilligiga bag'ishlangan yubiley tantanalarida, xususan, ''Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti" nomli xalqaro ko'rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi.
YUNESKO Bosh konferensiyasining Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlash to'g'risidagi 2007 yil 2 noyabrdagi 34-sessiyasida qabul qilingan qarori jahon hamjamiyati tomonidan yurtimiz tarixining, qadimiy shahrimiz dunyo tamadduniga qo'shgan hissasining o'ziga xos etirofi bo'ldi. Joriy yilning aprel oyida YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkentning 2200 yilligi keng nishonlandi. May oyida esa poytaxtimiz va uning tarixiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada Osiyo va Yevropa sivilizatsiyasining turli davrlarida Toshkentning tutgan beqiyos o'rni dunyo olimlari tomonidan alohida ta’kidlandi.
O'zbekistonning xalqaro aloqalardan, shu jumladan, YUNESKO bilan do'stona hamkorlikdan asosiy maqsadi - mamlakatimizni, boy tariximizni, xalqimizning ma'naviy yuksakligini va eng muhimi, mustaqil tashqi siyosatimizni dunyoga, xalqaro jamoatchilikka, dunyo hamjamiyatiga ko'rsata olishdir. Prezidentimiz Islom Karimov bu masala xususida to'xtalar ekan, bir tarixiy haqiqatni eslatish orqali ajoyib g'oyani ilgari surgan edi: "Biz o'zbeklarni ulug', bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham shunday. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to'ylarini o'tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning, eng avvalo, buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo'lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shganini olam ahliga bildirish edi".
Yuksak umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirish va targ'ib etish, ilmiy va madaniy merosni tiklash, asrab-avaylash va o'rganish, millatlararo va dinlararo do'stlik va totuvlikni ta'minlash, ilm-fan, ta'lim, madaniyat sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo'lidagi ulkan xizmatlari uchun davlatimiz rahbari YUNESKOning ikki oliy nishoni - Abu Ali ibn Sino nomidagi hamda "Borobudur" oltin medallari bilan taqdirlangan.
Shu tariqa O'zbekiston - YUNESKO aloqalari rivojlanib borar ekan, bu hamkorlik kelgusida ham ma'rifat va ezgulik elchisi timsolida jahon xalqlariga, dunyo tinchligi va barqarorligiga munosib ulush qo'shaveradi.1
O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994 yil 29 dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Komissiyaning asosiy vazifasi YUNESKO dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirilishiga ko‘maklashish va rspublika vazirliklari va muassasalarining bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirishdir.
YUNESKO 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ular orasida eng mashhurlari “YUNESKO kureri” oynomasi (30 tilda nashr etiladi), “Kelajak” (ta’lim sohasidagi haftalik), “Muzey”, “Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi”, “Tabiat va resurslar”, “Mualliflik huquqi bo‘yicha Axborotnoma”, “Ta’lim xalqaro Axborotnoma”si, “Impakt: fan va jamiyat” kabilardir. YUNESKO har ikki yilda bir marta chop etiluvchi ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida umumjahon ma’ruzalarini chop etadi. YUNESKO “Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi” (6 jild), “Lotin Amerikasi davlatlari tarixi ” (7jild), “Afrika umumiy tarixi” (8jild), “Mprkaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi” (6 jild) kabi fundamental kitoblar chop etmoqda.
Olti jildlik “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi” xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, bunda birinchi navbatda, Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy mintaqasiga kiruvchi qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston olimlari ishtirok etmoqdalar.
YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ming yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik, 1997 yili YUNESKOning jahon madaniy boyliklari ro‘yxatiga kiritilgan Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.Amir Temurning 660 yillik tantanalari, Toshkent shahrining 2200 yilligi butun jahon miqyosida keng nishonlandi. 1
Qadimiy va hamisha navqiron Toshkent shahrining 2200 yilligini munosib o‘tkazish maqsadida nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lmish YUNESKO qarori asosida ushbu yubileyni yurtimizda keng nishonlandi.
2008 yil 23 oktabrda Toshkent shahrida “Buyuk Ipak Yo‘li mamlakatlarida madaniy turizmni rivojlantirish va targ‘ib etish yo‘llari” deb nomlangan Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Uning tashkilotchisi sifatida O‘zbekiston hukumati hamda YUNESKO tashkilotida Doimiy vakilligi qatnashishdi.
Xalqaro forumning asosiy maqsadi madaniy turizmni rivojlantirining yangi yo‘llarini muhokama qilish va uni keng targ‘ib etish, hamda shu sohada tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish edi.
Tadbirda 50 ta davlatdan kelgan 100 ga yaqin ishtirokchilar, hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari qatnashdi. Forum qatnashchilari sifatida Umumjahon turizm tashkilotining Bosh kotibi o‘rinbosari, elchilar, YUNESKO tashkilotining doimiy vakillari, Ozarbayjon, Jazoir, Bolgariya, Italiya, Xitoy, Malayziya, Yaman, Saudiya Arabistoni, Suriya, Rossiya, Yaponiyadan ekspertlar, hamda O‘zbekistondagi rasmiy diplomatik korpus ishtirok etdi.
Forumda Buyuk Ipak Yo‘li mamlakatlarida madaniy turizmni rivojlantirining turli tomonlari muhokama qilindi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda madaniy turizmni rivojlantirishning katta imkoniyatlarini ko‘rsatishga turtki bo‘ldi.
Forumda madaniy turizmni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik ishlarini va tajriba almashinuvini ta’minlashga, turizm infrastrukturasini rivojlantirishga, hamda OAV orqali madaniy turizm haqida jamiyatni boxabar etishga qaratilgan rezolyusiya qabul qilindi.
Shuningdek, Buyuk Ipak Yo‘liga hamda unda joylashgan davlatlarda madaniy turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan ta’lim dasturlarini va hamkorlikdagi izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu tadbirda Xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti (MITSAI) doirasida tarixiy shaharalarni rivojlantirish yo‘lida tajriba almashishni davom ettirish zarurati e’tirof etildi.
2008 yil 24 dan 28 oktabrga qadar Xalqaro forum ishtirokchilari YUNESKO tashkilotining umumjahon madaniy merosi safiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bo‘ylab sayohat mobaynida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. YUNVTO Bosh kotibi o‘rinbosari Janob Tolib Rifayning aytishicha, O‘zbekistonning jahon turizm markazlaridan biri bo‘lishiga katta imkoniyatlari bor. O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati ko‘plab turistlarni jalb qilishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Lola Karimova-Tillayeva 2008 yilning yanvar oyida YUNESKOdagi O‘zbekistonning Doimiy vakili vazifasiga tayinlangan. Karimova-Tillayeva hamda uning safdoshlari madaniyatlaroro muzokaralarning ilgari surish hamda rivojlanishiga O‘zbekistonning boy ma’naviy va madaniy-tarixiy merosi borasida Evropa jamoatchiligining xabardorligini oshirish yo‘li orqali o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAK bilan birgalikda Parij shahrida O‘zbekistondagi Qirg‘izistonlik qochoqlarga hajmi 1 tonna bo‘lgan gumanitar yordamni yig‘ish va jo‘natish masalasi ishlab chiqildi. Gumanitar yordam “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning 2010 yilning 23 iyunida bo‘ladigan Parij-Toshkent reysi bilan O‘zbekistonga, hamda keyinchalik tez surat bilan qochoqlar joylashgan hududga yetkazib beriladi.
Asosan dori darmon, oziq-ovqat va birinchi navbatda kerak bo‘ladigan buyumlardan iborat gumanitar yordam Fransiyaning ilg‘or turistik kompaniyalari rahbarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan taqdim etildi.
2010 yil 1 fevral – O‘zbekiston 1 fevraldan 5 fevralgacha Parijda o‘tadigan saraton kasalliklari bilan kurash bo‘yicha XXI-Xalqaro kongress doirasida saraton kasaliga qarshi Parij xartiyasiga qo‘shildi.
Joriy yilning 7–10 sentabr kunlari BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Koichiro Matsuura yurtimizda mehmon bo`ladi.
Tashrif doirasida O`zbekiston bilan YUNESKO o`rtasida ikkala tomon uchun ham ustuvor ahamiyat kasb etuvchi yo`nalishlar, xususan, ta`lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etildi.
- O`zbekiston va YUNESKO o`rtasidagi hamkorlikning bugungi darajasidan benihoya mamnunman. Yurtingizga bo`lajak safar mening O`zbekistonga ikkinchi rasmiy tashrifim bo`ladi. Birinchisi salkam olti yil avval bo`lib o`tgan. O`sha davrdan buyon o`tgan vaqt mobaynida yurtingiz erishgan yutuqlar menda katta taassurot uyg`otadi deydi YUNESKOning bosh deriktori Koichiro Matsuura.
O`zbekiston puxta o`ylangan va izchil amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ko`p sohalarda, jumladan ta`lim tizimini takomillashtirishda katta yutuqlarni qo`lga kiritdi. YUNESKO milliy ta`lim tizimini isloh etishda O`zbekiston hukumati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor va rejalar amalga oshishiga ishonch bildirdi.. YunESKO, shuningdek, o`zbek xalqining boy madaniy merosi va xilma-xilligini asrash yo`lidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Ayni paytda O`zbekistonda jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan to`rtta ob`ekt mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Xiva.O`zbekistonning juda ham boy madaniy an`analari bor. Mamlakat nomoddiy merosning ikki durdonasi: Boysun madaniy hududi va mashhur Shashmaqomga ega. YUNESKO tomonidan dunyo bo`yicha 90 ta ana shunday nomoddiy madaniy meros durdonasi ro`yxatga olingan. O`zbekiston hukumati xalqning boy madaniy turfa xilligini asrash yo`lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. YunESKO mazkur masalani hal etishda ko`maklashishga tayyor.
Bugun O`zbekiston Markaziy Osiyo hayotining barcha jabhalarida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.1
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti – YUNESKOga O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktabrda a’zo bo‘lgan. Mamlakatimiz YUNESKO tomonidan qabul qilingan o‘nga yaqin xalqaro hujjatga qo‘shilgan. Mazkur hujjatlarga muvofiq yurtimizda bebaho madaniy-ma’rifiy merosni asrab-avaylash, ilmiy ahamiyatini keng targ‘ib va tashviq etish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Xivadagi Ichanqal’a me’moriy majmuasi, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy markazlar YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olingan. Boysun folklori, Shashmaqom, Katta ashula kabi musiqa san’atimizning nodir namunalari, Navro‘z ayyomi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan joy olgan. 
Bir qator tarixiy shaharlarimiz va buyuk allomalarimizning yubiley sanalari, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi YUNESKO ishtirokida keng nishonlangani O‘zbekistonning azaldan jahon ilm-fani va madaniyatining yirik markazlaridan biri bo‘lib kelganligining xalqaro miqyosdagi e’tirofidir. 
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilishi ham O‘zbekiston-YUNESKO hamkorligining o‘ziga xos samaralaridandir. Zero, o‘zbek zaminidan yetishib chiqqan allomalar va ularning asarlarini, O‘zbekistondagi betakror me’moriy obidalar va muqaddas qadamjolarni, noyob tarixiy-madaniy va ilmiy merosni xalqaro miqyosda keng tanitish va targ‘ib etishda YUNESKO muhim o‘rin tutadi.
“O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro anjumanga YUNESKOning nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurgani ham mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan hamkorligi yuksak darajada rivojlanganidan yana bir dalolatdir.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOning MOST (Ijtimoiy o‘zgarishlarni boshqarish) dasturi bo‘yicha hukumatlararo kengashi hamda Yuridik qo‘mitasi a’zosi, Madaniyat masalalari bo‘yicha komissiya raisining o‘rinbosaridir.
Shuningdek, YunEKSO BMTning “Savodxonlik o‘nyilligi” (2003-2012 yillar) va “Barqaror taraqqiyot ta‘limi o‘nyilligi”(2005-2014 yillar) dasturlarini jahon miqyosida amalga oshirilishida yetakchilik qiladi.
Madaniyat sohasida YUNESKO faoliyati xalqaro me‘yoriy hujjatlarni tayyorlash va amalga oshirish, madaniyatlararo muloqot va madaniy turfaxillik dasturlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Jumladan, Butunjahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash bo‘yicha konventsiya doirasidagi ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasidan 4ta nomzod kiritilgan (hozirda Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga 890 dan ortiq madaniy va tabiiy ob‘ektlar kiritilgan) – Samarqand, Buxoro va Shaxrisabz shaharlarining tarixiy markazlari, Xiva shahridagi Ichan kal‘a majmuasi. Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish xalqaro konventsiya doirasidagi YUNESKO reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasidan Navruz, Boysun madaniy makoni, Shashmaqom va Katta ashula nomzodlari kiritilgan (jahon bo‘yicha ushbu ro‘yxatda 166 nomzod). Buyuk Ipak Yo‘li madaniy merosini o‘rganishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta I.A.Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahrida 1995 yili Markaziy Osiyo tadqiqotlari YUNESKO xalqaro instituti ta‘sis etilgan.
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasining katta tajribasini inobatga olgan holda, 2000 yil Toshkent shahrida YUNESKO tomonidan Osiyo-Tinch okeani davlatlari milliy komissiyalarining mintaqaviy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu yilda respublikamiz Milliy komissiyasi tashkilotning “YUNESKOning assotsiyalashgan maktablari” dasturining eng yaxshi koordinatori sovrinini oldi.
2001 yilda YUNESKO Bosh kotibining qaroriga ko‘ra, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi tinchlikni ta‘minlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qo‘shgan xissasi uchun tashkilotning “Tinchlik bizning qo‘limizda” mukofoti bilan taqdirlandi.
2013 yilning avgust oyida mamlakatimizga YUNESKO Bosh kotibi I.Bokovaning tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida I.Bokova Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdi.1
O‘zbekiston Respublikasi va BMTning Bolalar jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi asosiy Bitim 1994 yil 19 dekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yil 22 dekabr kuni ratifikatsiya qilingan.
1994 yil 1 mart kuni YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashkil topdi. O‘zbekiston Respublikasi va YUNISEF o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar o‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturi (Country program) doirasida olib borilmoqda.
1994-2000 yillar davomida hamkorlik qilish Mamlakat dasturining birinchi bosqichi, 2000-2004 yillar davomida ushbu dasturning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi.
2009 yilning 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va YUNISEF o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturining 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan uchinchi bosqichi imzolandi. Dasturning umumiy qiymati 42,234 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi.
Mazkur dastur doirasida respublikada quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilmoqda:
- aholi farovonligini oshirish;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish;
- bolalar hayot tarzini yaxshilash.
O‘zaro hamkorlik qilish Mamlakat dasturining asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, YUNISEF respublikada ona va bola sog‘ligini asrash, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, onalik xavfsizligini ta‘minlash, OITSga qarshi kurashish sohalarida faoliyat olib bormoqda.
Bundan tashqari, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda:
- qizamiq, poliomiyelit, diareya va shun kabi kasalliklarga qarshi kurashish, chaqaloklarni emlashni kengaytirish;
- yod tanqisligi kabi muammolar yechimini topishga ko‘maklashish;
- bolalar o‘limini kamaytirishga ko‘maklashish va hokazo.
Bundan tashqari, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Ta‘lim uchun Global Hamkorlik tomonidan respublikada ta‘lim sohasini rivojlantirish uchun 49,9 mln. AQSH dollari miqdorida grant ajratildi


XULOSA


Umuman olganda, 1992 yilning 2 martidan e’tiboran BMT hujjatlari, birinchi galda, Nizomida aks ettirilgan meyor va tamoyillar O‘zbekiston uchun bajarilishi shart bo‘lgan meyoriy xujjatlar sarasiga kiradi. Shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan meyor va tamoyillari ifoda etilgan xalqaro shartnomalar va odatlarda aks etgan qoidalarga ham mamlakatimiz o‘z tashqi siyosatini amalga oshirishda tayanib kelmoqda. Ular Asosiy Qonunimizda belgilab qo‘yilgan asosiy tamoyillar sifatida e’tirof etiladi. Shu o‘rinda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stlik va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish va ulardan chiqish konstitusion tamoyili ham alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, davlat va xalqning oliy manfaatlari, ularning farovonligi va xavfsizligini ta’minlaydigan tamoyil sifatida namoyon bo‘ladi.
Mazkur tamoyillarning ahamiyati shundaki, u tashqi siyosiy sohada qabul qilinayotgan muayyan qarorlarning oqilona va mafkuralardan holi yondashuvlarga tayanishida ko‘maklashadi. Bu o‘rinda so‘z xalqaro huquq meyor va tamoyillariga mos ravishda milliy manfaatlarni ta’minlashga qaratilgan integratsiyalashuvning o‘ziga xos strategiyasi haqida bormoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlari va tashqi siyosati tamoyillaridan kelib chiqib xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish siyosatini amalga oshirmoqda.
Ayniqsa, O‘zbekiston eng asosiy va eng yirik xalqaro tashkilot – BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarni yil sayin rivojlantirib borishi natijasida xalqaro maydonda o‘ziga munosib o‘rinni egalladi. Hozirgi zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon siyosatida davlatlarning manfaatlarni uyg‘unlashtirish, xalqaro va mintaqa miqyosida vujudga kelgan mojarolarni bartaraf etishda BMTning roli va ahamiyatiga e’tibor, zaruriyat kuchaydi. O‘zbekiston va BMT o‘rtasida keng miqyosdagi loyihalarini yanada rivojlantirish, uning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va o‘nga yaqin agentlik faoliyatini takomillashtirish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar vujudga keltirilgan. Zero, O‘zbekiston mazkur xalqaro tashkilotning ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish bo‘yicha nufuzini saqlash, obro‘-e’tiborini yanada oshirish, u bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan manfaatdordir.
BMTning O‘zbekiston bilan bevosita hamkorligi masalasiga to‘xtalagidan bo‘lsak, bu aloqalar, avvalo, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilinishi tamoyilini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish, mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, fuqarolik jamiyati institutlari va demokratik qadriyatlarni qaror toptirish yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘zbekiston BMT bilan aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga intilib, dunyo miqyosida hamda mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro xuquq tartibotini mustahkamlashga munosib xissa qo‘shib kelmoqda. Davlatimizning avvalo milliy manfaatlarimizga tayangan, izchil va samarali tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborining ortishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Yurtboshimizning zamonaviy tahdidlarning oldini olish, global va mintaqaviy xavfsizlik tizimini mustahkamlash, BMT va uning tuzilmalari, birinchi navbatda, Xavfsizlik Kengashini davr talablari asosida isloh etish borasidagi taklif va tashabbuslari beqiyos ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston nuqtai nazariga ko‘ra, hozirgi tezkor va tahlikali davrda insoniyat taraqqiyotini chigallashtirishi mumkin bo‘lgan turli tahdid va mojarolarning oldini olishda BMT asosiy vosita bo‘lishi kerak.
Shuningdek, O‘zbekistonni BMTning YUNESKO va boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi ham o‘smoqda. Fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi o‘zaro hamkorliklar mamlakatimiz farovonligini yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston BMT doirasidagi xalqapro aloqalar bilan cheklanib qolgani yo‘q. Bu kabi munosabatlar Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika qit’alaridagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar ha rivlanib bormoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston davlati Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyatidagi ishtirokida turli tashabbuslar bilan chiqib, mintaqada tinchlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin