3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni


Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə2/10
tarix10.04.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#125096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BMT va O\'zbekiston munosabatlari

Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ishda O‘zbekistonni xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlanish jarayonini ochib berish maqsad qilib qo‘yilgan.
Mavzu juda ham katta bo‘lganligi uchun uni quyidagi masalalar bilan chegaralangan holda ochib berish vazifasi qo‘yildi:

  • Xalqaro tashkilotlar tushunchasi, ularnng maqomi, bu tashkilotlarni O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishining qisqacha holatini yoritish;

  • O‘zbekiston – BMT aloqalarini rivojlanish jarayonini tahlil etish;

  • O‘zbekiston va BMTning turli tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni o‘rganish;

  • Ishdagi tahlillar asosida mavzu bo‘yicha xulosani shakllantirish.

  • YUNESKO-BMTning ixtisoslashgan muassasasi sifatida davlatlarning intelektual va madaniy hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini o‘rganish;

  • YUNESKOning rahbar va ishchi organlarida O`zbekiston Respublikasining ishtirokini ko‘rsatib berish.

Bitiruv malakaviy ishning nazariy-metodologik asoslari.
Bitiruv malakaviy ish, Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT uning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni va O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarini amalga oshirish jarayonini o`rganishga xizmat qiladi.
Malakaviy ishda bugungi kunda BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasining munosabatlarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlarga ta’sirini o‘rganish inobatga olingan. Ishda BMT va uning ixtisoslashgan muassalari, YUNESKO va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro –huquqiy hamkorligi kabi masalalar yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ish Huquqshunoslik mutaxassisligi bo`yicha ta'lim olayotgan talabalar, aspirantlar, o`qituvchilar, huquqni muhofaza qilish va tabiatni mahofaza qilish organlari xodimlari , hamda Xalqaro huquqi fanini o`rganayotganda, ushbu mavzu bo`yicha tashkil qilingan maxsus kurslarda, hamda yuridik yo`nalishdagi kollejlarning talabalarini o`qitishda qo`l kelishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishni yozishda BMT nizomi va xalqaro huquqiy meyorlar, xalqaro munosabatlarini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus asosida yozildi.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin