3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari. Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə1/12
tarix06.04.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#124876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari. Buxgalteriya


Bugalteriya hisobini tahlil qilishning meyoriy huquqiy asoslari


1.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati.
2.O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni va uning ahamiyati.
3.Buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari.


1.Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritil-gandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga mu-vofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimitamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiyelementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgal-teriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribginaqolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabulqila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyatihaqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohagaaylanadi. Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘libtalab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv for-masidir.
Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javob-garlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlariuchun «Buxgalteriya hisobi haqida »gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi.
Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari sohabo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari bux-galteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlariva hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaroamaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarishtizimini ko‘zda tutadi.
Birinchi daraja– qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriyahisobi haqida»gi qonun.
Ikkinchi daraja– asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liqshaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan.
Uchinchi daraja - mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar.
To‘rtinchi daraja - hisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr etiladigan ichki ish hujjatlari va qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish.
Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobiningroli o‘zgardi. Agar avvallari hisobning maqsadi nazorat qilishvazifasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xalqaro milliy stan-dartlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning maqsadi undan foydalanuvchilarga to‘liqva ishonchli ma’lumot taqdim etishdir.
Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqoriboshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlariva mutaxassislari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardanegri foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, bank-lar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’min-lovchilar, boshqa kreditorlar.
3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egrifoydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, O‘zbe-kiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqar-masi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliyhokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar.
Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:

  • buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli vaharakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liqva ishonchli ma’lumotlarni tuzish;

  • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagima’lumotlarni umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqar-malari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylash-gan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalaribuxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv,majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat(chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalikoperatsiyalari bo‘ladi.
Hisob siyosati deganda xo‘jalik subyektlari rahbarlarining buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qo‘llagan usullarning yig‘indisi tushuniladi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagiasosiy tamoyillariga mos kelishi lozim:
- uzluksiz;
- xo‘jalik operatsiyalari, aktiv va passivlarning pullik bahosi;
-ishonchlilik; xqo‘shib yozish usullari;
-ko‘rsatkichlarni solishtirish (taqqoslash);xmoliyaviy hisobotning xolisligi;
-hisobot davri tushum va chiqimlarining mos kelishi;
- mulkiy ajratilganlik;
- aktiv va majburiyatlarning aniq bahosi;
-formadan mazmunning ustunligi;
-ratsionallik (muvofiqlik);
-qarama-qarshilikning yo‘qligi;
-aniqlik;
-ma’nodorlik;
-jiddiylik;
-haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (beg‘araz) ko‘rsa-tish;
-tugallanganlik;
-izchillik;
-o‘z vaqtida;
-obyektivlik.



Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin